“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 07:34
ЎЗO‘Z

Kosmosdan Yerga 12 shisha fransuz vinosi «uchib keldi»

16 yanv, 11:05 3 723 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Kosmosdan Yerga 12 shisha fransuz vinosi «uchib keldi» Foto: The Guardian
Xalqaro kosmik stansiyadan Yerga ichida noodatiy yuk — 12 shisha fransuz vinosi va yuzlab tok novdalari bo‘lgan SpaceX kapsulasi qaytib keldi. Missiya yakunlangani to‘g‘risida Ilon Mask kompaniyasi Twitter orqali ma’lum qilgan, deb xabar beradi Esquire.

CNN va The Guardian’ning yozishicha, Yevropaning Space Cargo Unlimited startapi kosmosga vinoni 2019 yilning noyabrida, tok novdalari esa XKSga 2020 yil martida uchirilgan edi. Mutaxassislar buni Yerda o‘simliklarni parvarishlashning yangi usullarini ishlab chiqish va sayyoradagi ko‘proq odamlarni oziqlantirish usulini topish maqsadida amalga oshirgan.

Fransuz vinosining har bir shishasi po‘lat silindrga joylashtirilgan bo‘lib, XKS bortida ular muhrlangan holda turgan. Fevral oxiriga qadar shishalar yopiq qoladi, shundan so‘ng ularning bir yoki ikkitasi Bordodagi vino mutaxassisiga ekspertiza uchun topshiriladi. Fransiyadagi eng yaxshi ekspertlardan biri mikrogravitatsiya va kuchli radiatsiya vino va tok novdalariga qanday ta’sir ko‘rsatganini tekshiradi.

Taxminlarga ko‘ra, bu kelajakda tok novdalarining yanada qattiq sharoitda o‘sishini ta’minlashga xizmat qiladi. Tadqiqotchilar ekspertiza yordamida ichimlik ta’mi qanday o‘zgarganini aniqlash niyatida.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, tok novdalari kabi o‘simliklar insonlar oziqasida muhim ahamiyatga ega, biroq ular hech qachon kosmosda o‘rganilgan emas. Aynan shu sabab tok novdalari va vino o‘rganish hamda qishloq xo‘jaligini yaxshilash uchun ideal material sifatida qaralmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi” 08 мая, 00:13 75
  • Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi? 07 мая, 23:49 157
  • Kuba prezidenti harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga keldi 07 мая, 22:16 113
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 144
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 61
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 86
  • So'nggi yangiliklar
  • Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi” 08 мая, 00:13 75
  • Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi? 07 мая, 23:49 157
  • Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi 07 мая, 23:25 28
  • Mirjalol Qosimov: "O‘yinni tashlab yubormay, oxirigacha kurashganimiz meni quvontirdi" 07 мая, 23:03 59
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik" 07 мая, 22:44 109
  • Kuba prezidenti harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga keldi 07 мая, 22:16 113
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 143
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 61
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 102
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 86
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 35
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 68
  • Bo‘limlar