“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 04:06
ЎЗO‘Z

KXDR paradda «dunyodagi eng kuchli qurol»ni namoyish etdi

15 yanv, 20:00 3 434 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
KXDR paradda «dunyodagi eng kuchli qurol»ni namoyish etdi Foto: Reuters
Pxenyanda Koreya Mehnat partiyasining VIII qurultoyi yakuniga bag‘ishlangan harbiy parad bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «RBK» Koreya Markaziy telegraf agentligi (KMTA)ga tayanib.

Tadbirda suv osti kemalari ballistik raketalari namoyish etilgan bo‘lib, agentlik uni «dunyodagi eng kuchli qurol» deb atagan. Reuters Shimoliy Koreya davlat OAV tomonidan tarqatilgan fotosuratlarga asoslanib, gap 2020 yil oktabr oyida namoyish etilgan Pukguksong-4 raketalari modernizatsiya qilingan versiyasi haqida ketayotgan bo‘lishi mumkin, deb aytmoqda.

Paradda KXDR yetakchisi Kim Chen In va bir qator yuqori martabali amaldorlar ishtirok etgan. KMTA xabariga ko‘ra, tadbirda taktik raketalar va artilleriya qurilmalarining «ultrazamonaviy» namunalari ham namoyish etildi.

Janubiy Koreyaning Yonhap agentligi manbasiga ko‘ra, parad 14 yanvar, payshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 18:00 da boshlanib, bir necha soat davom etgan.

10 yanvar kuni Janubiy Koreya OAVlari Seul KXDRda Koreya Ishchilar partiyasi s’ezdiga bag‘ishlangan harbiy paradni «o‘tkazish alomatlarini» topgani haqida xabar bergan. Keyinchalik ular bu marosimga tayyorgarlik bo‘lishi mumkin, deb taxmin qildi, chunki rasmiy Pxenyan bu voqea haqda e’lon qilmagan. Bir necha kundan keyin Kim Chen Inning singlisi va hukmron partiya Markaziy qo‘mitasi a’zosi Kim Yo Chjon Seulning Pxenyanga nisbatan harakati adovatli deb tanqid qildi.

Shimoliy Koreyada mamlakat tarixidagi bundan avvalgi yirik harbiy parad 2020 yilning oktabr oyida, hukmron Koreya Mehnat partiyasi tashkil topganligining 75 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 126
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 131
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 194
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 28
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 157
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 295
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 64
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 73
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 126
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 35
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 56
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 131
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 194
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 120
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 28
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 36
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 105
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 151
  • Bo‘limlar