“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 03:13
ЎЗO‘Z

Floridada tirik lamantin terisiga «Tramp» yozuvini tushirgan shaxslar qidirilmoqda

13 yanv, 23:06 2 922 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Floridada tirik lamantin terisiga «Tramp» yozuvini tushirgan shaxslar qidirilmoqda Foto: Esquire
Floridada lamantin (monotipik oilaning yirik suvli sutemizuvchilar turkumiga kiruvchi jonzot) orqasiga «Tramp» so‘zi tushirildi. Ushbu holatga birinchi bo‘lib Citrus County Chronicle nashri e’tibor qaratgan. Himoyaga muhtoj turlarga kiruvchi jonzot 10 yanvar kuni Floridaning g‘arbiy qirg‘oqlaridagi Xomosassa daryosidan topilgan.

AQSH Yovvoyi tabiat va baliqchilikni qo‘riqlash xizmati lamantinga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lganlik holati yuzasidan surishtiruv ishlarini boshlab yuborgan. Idora vakilining so‘zlariga ko‘ra, lamantinga jiddiy zarar yetmagan. «Lamantinni badbashara qilganlarni topishga yordam bering. Xizmat har qanday ma’lumotni qidirmoqda», — deb yozadi epidemiolog Erik Feygl-Din.

Dofin-Aylend dengiz tadqiqotlari bosh ilmiy xodimi Rut Karmayklning fikricha, jonzot har qanday holatda ham og‘riq va stressni his qilgan.

⚠️HELP FIND WHO MUTILATED A MANATEE: U.S. Fish and Wildlife Service is investigating who carved the word "Trump" on a Florida manatee. USFWS is looking for any information: cal Florida Fish and Wildlife Conservation hotline at 888-404-3922. https://t.co/FXQ2l3fYTj pic.twitter.com/jI9kL1BNe5

— Eric Feigl-Ding (@DrEricDing) January 11, 2021

«Bu dahshat. Buning naqadar qo‘rqinchli, telbalik va shafqatsizlik ekanligini ta’riflashga ojizman. Video orqali jonzotga qanchalik jiddiy zarar yetganini baholash qiyin. Bir narsa aniqki, har qanday holatda ham bu shafqatsiz munosabat oqibatlari hisoblanadi. Teri tilingan bo‘lsa, bu og‘riq va stressni yuzaga keltiradi. Hayvonlarning terisida nervlar va sezgir tolalar mavjud. Bundan tashqari, ochiq yaralarga infeksiya tushgan bo‘lishi mumkin», — deydi Karmaykl.

Ta’kidlanishicha, lamantinlarga shikast yetkazish AQSH federal qonunchiligini buzish hisoblanadi va uni sodir etgan shaxs 50 ming dollargacha jarimaga tortiladi yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum etiladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 19
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 33
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 60
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 52
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 88
  • Ukrainada urushning 801-kuni: Odessadagi yong‘inlar va Chasiv Yar atrofida jang qilayotgan «Vampir» 05 мая, 19:13 227
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 19
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 7
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 33
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 20
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 21
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 67
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 60
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 16
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 52
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 41
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 40
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 88
  • Bo‘limlar