“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 09:08
ЎЗO‘Z

Mutaxassislar bolalardagi COVID-19 «britancha» shtammining 5 ta alomatini ma’lum qildi

13 yanv, 22:33 2 470 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Mutaxassislar bolalardagi COVID-19 «britancha» shtammining 5 ta alomatini ma’lum qildi Foto: «RIA Novosti»
Buyuk Britaniyada aniqlangan koronavirusning yangi shtammi xavfliroq bo‘lib, bolalarda bir qator o‘ziga xos simptomlar bilan kechadi. Bu haqda sog‘liqni saqlash sohasi mutaxassislari ma’lum qildi, deb xabar beradi «RBK» Express’ga tayanib.

Nashrning qayd etishicha, kasallangan bolalarning aksariyati charchoqdan aziyat chekadi. Ularning ayrimlari odamovi bo‘lib qoladi. Kasallangan chaqaloqlarda esa isteriya va yig‘lash holatlari ortishi kuzatiladi.

Kasallangan bolalarning yarmidan ko‘pi (53 foiz) bosh og‘rig‘idan shikoyat qilgan. Shuningdek, qorin bo‘shlig‘ida ham og‘riq his qilishi mumkin. Shu sababli shifokorlar ota-onalarga farzandlarida bosh og‘rig‘i bilan bir qatorda qorin bo‘shlig‘ida ham noqulaylik yuzaga kelmayotganini so‘rab turishni tavsiya qiladi.

Yana bir alomat — tana haroratining 37 darajadan yuqori bo‘lishi. Bunday holat koronavirusning «britancha» shtammiga chalingan bemorlarning deyarli yarmida kuzatilgan. Bundan tashqari, tomoq og‘rig‘i ham bolalarda infeksiya borligidan dalolat berishi mumkin.

Bundan tashqari, bemorlarning taxminan 35 foizi ishtahaning yo‘qolishidan aziyat chekadi. Mutaxassislarning aytishicha, bir yoshgacha bo‘lgan chaqaloqlar bunday holatga ko‘proq duch kelmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniya hukumati koronavirusning yuqumliroq turi aniqlanganini dekabr oyi o‘rtalarida ma’lum qilgandi. Keyinchalik SARS-CoV-2’ning ushbu varianti boshqa bir qator davlatlarda, jumladan, AQSH, Xitoy, Kanada, Turkiya, Rossiya, Gruziya, Daniya, Germaniya, Shveysariya, Fransiya, Gretsiya, Slovakiya, Yaponiya, Braziliya, Janubiy Koreya, BAA, Iordaniya Tailand, Vetnam va Kiprda aniqlandi. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, virusning ushbu turi dunyoning 50 dan ortiq davlatlarida aniqlangan.

O‘zbekistonda koronavirusning «britancha» shtammi bilan kasallangan bemor yo‘qligi ma’lum qilingan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi 01 мая, 06:00 36
  • Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi 30 apr, 23:42 98
  • Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi 30 apr, 21:33 107
  • AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi 30 apr, 20:43 182
  • Gruziya bosh vaziri mamlakat prezidentini “sotqin” deb atadi 30 apr, 18:50 398
  • Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat 30 apr, 18:02 136
  • So'nggi yangiliklar
  • Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi 01 мая, 06:00 36
  • “Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi 01 мая, 00:40 319
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 63
  • Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat" 30 apr, 23:50 110
  • Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi 30 apr, 23:42 98
  • U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin 30 apr, 23:15 166
  • Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi 30 apr, 23:00 66
  • O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan! 30 apr, 22:34 423
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 121
  • Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi 30 apr, 21:33 107
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 112
  • AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi 30 apr, 20:43 182
  • Bo‘limlar