“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 21:03
ЎЗO‘Z

Tramp prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonganini e’lon qildi

05 yanv, 21:20 4 454 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tramp prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonganini e’lon qildi AQSHning amaldagi prezidenti Donald Tramp yana bir bor prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonganini e’lon qildi. U bu haqda Jorjiya shtatida Devid Purdyu va Kelli Loefflerning Senatga qayta saylanishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan mitingdagi nutqida aytib o‘tgan.

«Men ikkita prezidentlik saylovida qatnashdim va ularda g‘alaba qozondim — ikkinchisida katta muvaffaqiyat bilan... Biz Florida va Ogayo shtatlarida rekord ko‘rsatkichlar bilan g‘olib chiqdik, Ayovada ham», degandi Tramp.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Michigan shtatida 293 ming, Vashington shtatida 112 ming, Viskonsin shtatida 356 ming, Jorjiya va Pensilvaniyada esa 700 ming ovoz olgan.

«Ushbu ajoyib g‘alaba uchun katta rahmat... Men saylov natijalariga qarshi chiqaman, biz buni amalga oshiramiz», degan AQSH rahbari.

AQSHda prezidentlik saylovlari noyabr oyining boshida bo‘lib o‘tdi. Unda demokratlar partiyasidan nomzod Jo Bayden 306 ovoz bilan g‘alaba qozondi. Tramp esa 232 ovoz olgan.

6 yanvarda saylov natijalari Kongress tomonidan tasdiqlanishi kerak. Yangi prezidentning inauguratsiya marosimi 20 yanvarga belgilangan. Pandemiya sababli tadbir qisqartirilgan shaklda o‘tkaziladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi 28 apr, 20:11 3
  • Frontdagi vaziyat: RF armiyasi Donetsk oblastida mudofaani yorib o‘tdi 28 apr, 18:47 95
  • “Titanik”dagi eng boy yo‘lovchining soati 1,4 mln dollarga sotildi 28 apr, 18:00 28
  • Shvetsiyada ayol politsiya himoyasida Qur’onni yoqib yubordi (video) 28 apr, 17:43 113
  • Falastin prezidenti: “Isroilning Rafahdagi amaliyoti yaqin kunlarda boshlanadi” 28 apr, 17:20 38
  • Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi 28 apr, 16:33 147
  • So'nggi yangiliklar
  • Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi 28 apr, 20:11 3
  • Indoneziya U-23 bosh murabbiyi: "O‘zbekistonning nega ko‘p gol urib, darvozasidan to‘p o‘tkazmasligini bilib oldim" 28 apr, 19:43 35
  • Timur Kapadze Indoneziyaga qarshi kechadigan yarim final bahsidan oldin nimalar dedi? 28 apr, 19:24 36
  • Futzal. Eron 13 karra Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi 28 apr, 19:17 15
  • Xose Venansio Lopes: Ba’zi vaziyatlarda o‘zimiz nazoratni yo‘qotdik 28 apr, 18:50 22
  • Frontdagi vaziyat: RF armiyasi Donetsk oblastida mudofaani yorib o‘tdi 28 apr, 18:47 95
  • “Titanik”dagi eng boy yo‘lovchining soati 1,4 mln dollarga sotildi 28 apr, 18:00 28
  • Shvetsiyada ayol politsiya himoyasida Qur’onni yoqib yubordi (video) 28 apr, 17:43 113
  • Falastin prezidenti: “Isroilning Rafahdagi amaliyoti yaqin kunlarda boshlanadi” 28 apr, 17:20 38
  • Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi 28 apr, 16:33 147
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 41
  • Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda 28 apr, 15:20 60
  • Bo‘limlar