“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 10:24
ЎЗO‘Z

Ilon Mask bir kunda qariyb 9 milliard dollar yo‘qotdi

22 dek, 18:50 2 380 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ilon Mask bir kunda qariyb 9 milliard dollar yo‘qotdi Foto: «Reuters/Hannibal Hanschke»
«SpaceX» va «Tesla» kompaniyalari rahbari Ilon Maskning boyligi bir kunda 8,8 milliard dollarga kamaydi. Natijada milliarder sayyoramizning eng boy odamlari ro‘yxatida uchinchi o‘ringa tushib qoldi. Buni «Forbes» ma’lumotlari tasdiqlaydi.

Bungacha Mask 9 dekabrda ko‘tarilib olgan reytingning ikkinchi pog‘onasini egallab kelayotgandi. Shuningdek, u Bloomberg Billionaires Index (BBI) agentligi reytingida ham xuddi shu o‘rinni band etgan.

«Forbes» ma’lumotlariga ko‘ra, Maskning boyligi qariyb 145 milliard dollarga baholanmoqda. Shu bilan birga, «Forbes» ro‘yxatining birinchi o‘rnini egallagan «Amazon» asoschisi va rahbari Jeff Bezosning boyligi 187 milliard dollarni, «Louis Vuitton Moët Hennessy» kompaniyasi prezidenti Bernar Arno (reytingda ikkinchi o‘rin)ning boyligi 145,6 milliard dollarni tashkil etadi.

Mask «Tesla» aksiyalarining taxminan beshdan biriga egalik qiladi. Joriy yil boshidan buyon ular 8 baravar oshdi. Shu tariqa, aksiyalarning qiymati S&P 500 indeksiga kiritilishi haqida e’lon qilingan 17 noyabrdan boshlab ko‘tarilgan.

Kompaniya aksiyalarining pasayishiga ko‘tarilgandan keyingi tuzatish va koronavirus infeksiyasining yangi shtammi to‘g‘risidagi ma’lumot sabab bo‘ldi.
Ilon Mask, SpaceX, Tesla




Mavzuga oid yangiliklar
  • Tojikiston o‘z fuqarolarini «o‘ta zarurat bo‘lmasa» Rossiyaga bormaslikka chaqirdi 28 apr, 08:41 40
  • AQSH Ukrainaga Patriot havo-mudofaa tizimlarining yangi to‘plamini yetkazib beradi 28 apr, 06:00 49
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 267
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 144
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 205
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 177
  • So'nggi yangiliklar
  • Futzal. Bugun O‘zbekiston bronza medali uchun Tojikiston bilan o‘ynaydi 28 apr, 09:34 7
  • Murzoyev: "Qaysidir ma’noda baribir Indoneziya qulayroq raqib, biz musobaqa favoritimiz" 28 apr, 08:51 54
  • Tojikiston o‘z fuqarolarini «o‘ta zarurat bo‘lmasa» Rossiyaga bormaslikka chaqirdi 28 apr, 08:41 40
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 19
  • AQSH Ukrainaga Patriot havo-mudofaa tizimlarining yangi to‘plamini yetkazib beradi 28 apr, 06:00 49
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 98
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 267
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 124
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 70
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 144
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 205
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 177
  • Bo‘limlar