“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 23:29
ЎЗO‘Z

Rossiya FXX Navalniyning o‘z qotili bilan suhbati aks etgan yozuvni soxta deb atadi

22 dek, 13:39 1 845 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Rossiya FXX Navalniyning o‘z qotili bilan suhbati aks etgan yozuvni soxta deb atadi Videodan kadr
Aleksey Navalniy tomonidan, go‘yoki, uni zaharlagan odam bilan telefon orqali suhbati aks etgan yozuv qalbaki. E’lon qilingan telefon suhbati yuzasidan tekshiruv tashkil qilindi, deb yozadi Meduza Federal xavfsizlik xizmati (FXX) Jamoatchilik bilan aloqalar markazi (JAM)ga tayanib.

«Telefon suhbati aks etgan videorolik qalbaki. Abonent raqamini o‘zgartirib qo‘yish usulidan foydalanish — xorijiy maxsus xizmatlarda ko‘p qo‘llaniladigan yo‘l, bu ilgari Rossiyaga qarshi aksiyalarda bir necha marta ishga solingan, u suhbatning haqiqiy ishtirokchilarini aniqlash imkoniyatini yo‘qqa chiqaradi», — deyiladi xabarda.

FXX JAMda qo‘shimcha qilishlaricha, FXX xodimlarining Navalniyning zaharlanishidagi ehtimoliy ishtiroki yuzasidan tekshiruv Rossiya maxsus xizmatlariga qarshi qaratilgan rejali provokatsiya hisoblanadi.

«Navalniy tomonidan internet tarmog‘iga joylashtirilgan, go‘yoki, unga qarshi olib borilgan harakatlar yuzasidan ‘tekshiruv’ Rossiya FXX va uning xodimlarini obro‘sizlantirishga qaratilgan rejalashtirilgan provokatsiya hisoblanadi, buni esa chet el maxsus xizmatlarining tashkillashtirilgan va texnik ko‘magisiz amalga oshirish imkoni yo‘q», — deyiladi xabarda.

14 dekabr kuni Navalniyning zaharlangani bo‘yicha The Insider, Bellingcat va CNN’ning Der Spiegel ishtirokida hamkorlikda o‘tkazilgan tekshiruv natijalari e’lon qilindi. Tergov mualliflari siyosatchiga suiqasd Tomskda FXX kriminalistika instituti niqobi ostida harakat qilgan FXX maxfiy bo‘limining sakkiz nafar tezkor xodimi tomonidan amalga oshirilgan, degan xulosaga keldi. Tergov hujjatida suiqasd tafsilotlari ham, unda ishtirok etgan FXX xodimlarining ism-shariflari ham oshkor qilindi, ulardan biri Konstantin Kudryavsev bo‘lib chiqdi.

Aleksey Navalniyning iddaolari ortidan Vladimir Putin ham voqeaga o‘z munosabatini bildirdi.
«Berlin klinikasidagi o‘sha bemorga kelsak, men ko‘p marta aytganman, faqat ba’zi narsalarni takrorlashim mumkin. Kecha Peskov menga bu haqdagi so‘nggi uydirmalar va bizning maxsus xizmatchilarimiz ma’lumoti haqida xabar berdi. Bu qandaydir tergov emas, bu Amerika maxsus xizmatlarining materiallarini legallashtirish. Bizning maxsus xizmatlarimiz buni biladi va ma’qul topsa, telefondan foydalanadi», — dedi u. Putinning fikricha, «Berlin klinikasidagi bemor» Amerika maxsus xizmatlari ko‘magidan foydalanadi, Rossiya maxsus xizmat xodimlariga esa uni o‘ldirishga hojat yo‘q edi.

21 dekabr kuni rossiyalik siyosatchi Aleksey Navalniy «Men o‘z qotilimga telefon qildim. U tan oldi» nomli videorolikni e’lon qildi. Videoda Navalniyning aytishicha, u o‘zining zaharlanishi ortida Federal xavfsizlik xizmatining guruhi turgani haqidagi surishtiruvni e’lon qilishdan oldin guruh a’zolaridan biri — Konstantin Kudryavsev bilan gaplashgan va Kudryavsev Navalniyni o‘ldirishga harakat qilinganini tasdiqlagan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 0
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 1
  • Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi 06 мая, 21:15 3
  • Belgiya Isroilga nisbatan savdo sanksiyalarini qo‘llash tashabbusini ilgari surdi 06 мая, 20:26 21
  • Rossiya qo‘shinlari Ukraina sharqidagi ikkita aholi punktini to‘liq egalladi 06 мая, 19:37 143
  • Lavrov: “AQSHdagi demokratlar va respublikachilar Rossiyani dushman deb biladi” 06 мая, 19:13 83
  • So'nggi yangiliklar
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 1
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 0
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 0
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 0
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 0
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 0
  • Ozish uchun qancha yugurish kerak? 06 мая, 21:40 0
  • Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi 06 мая, 21:15 3
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 4
  • Belgiya Isroilga nisbatan savdo sanksiyalarini qo‘llash tashabbusini ilgari surdi 06 мая, 20:26 21
  • Kapadze Parij-2024 haqida: «Shomurodovni chaqirishni iloji bo‘lsa, nega bundan foydalanmasligim kerak?» 06 мая, 20:03 91
  • Rossiya qo‘shinlari Ukraina sharqidagi ikkita aholi punktini to‘liq egalladi 06 мая, 19:37 143
  • Bo‘limlar