“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 12:09
ЎЗO‘Z

Rasman: Jo Bayden AQSH prezidentlik saylovlarida g‘olib bo‘ldi

15 dek, 14:14 3 249 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Rasman: Jo Bayden AQSH prezidentlik saylovlarida g‘olib bo‘ldi Foto: Getty Images
AQSHda saylov g‘olibini rasman tasdiqlovchi vakillar kengashidagi ovoz berish natijalari yakunlanmay turib Jo Bayden g‘olib bo‘lgani ma’lum bo‘ldi. Kaliforniyadagi 55 ta vakillik ovozini olgani Baydenning g‘alabani qo‘lga kiritishi uchun yetarli bo‘ldi. Endi uni rasman AQSHning 46-prezidenti deb atash mumkin.

AQSHda prezidentlik saylovlari ikki bosqichda o‘tkaziladi. Birinchi bosqichda saylovchilar o‘ziga xos vakillarni saylaydilar, ikkinchi bosqichda vakillar o‘zlariga ovoz bergan odamlar nomidan prezidentni saylaydi. Vakillik ovozlari umumiy hisobda 538 tani tashkil etadi. Ovozlar shtatlarga aholi soniga qarab taqsimlangan. Masalan, 40 million amerikalik yashaydigan Kaliforniya shtatiga eng ko‘p (55 ta) vakillik ovozi berilgan. Azaliy demokratlar shtati bo‘lgan Kaliforniyadagi g‘alaba bu gal ham demokrat nomzod g‘alabasi uchun hal qiluvchi bo‘ldi.

Vakillik ovozlari to‘liq hisoblanmagan holatda Jo Bayden ayni damda 302 ga 232 farq bilan g‘alabani rasmiylashtirib bo‘ldi. AQSH prezidentlik saylovlaridagi g‘alaba uchun 270 ta vakillik ovozining o‘zi kifoya va Bayden allaqachon keragidan 32 ta ko‘proq ovoz olib bo‘ldi. Havayidagi oxirgi ovozlar ham tez orada hisoblab bo‘linadi.

Odatda vakillik kengashi ovozlari shunchaki saylov natijalarini rasmiylashtirib qo‘yish uchun xizmat qilardi, biroq bu yil kengash natijasini butun mamlakat kutdi. Chunki saylovlar 3 noyabrda o‘tkazilgan bo‘lishiga qaramay, natijalar 40 kun o‘tgach ham ma’lum qilinmadi. Sababi juda ko‘p amerikaliklar saylovlarda pochta orqali ovoz berdi. Ularni hisoblash esa keragidan ko‘proq vaqtni talab qildi. Amaldagi prezident Donald Tramp esa pochta orqali ovoz berish natijalarni soxtalashtirish uchun sharoit yaratgani haqida gapirib keladi.

AQSHdagi yirik OAVlar Baydenning g‘alabasini saylovdan bir necha kun o‘tiboq e’lon qilgandi, lekin demokratning g‘alabasi rasman tasdiqlanmayotgandi. Vakillik kengashida to‘plangan yetarli ovoz esa Baydenni AQSHning 46-prezidenti deb atashga imkon beradi. Kongress 6 yanvar kuni Bayden saylovda g‘olib bo‘lganini rasman tasdiqlaydi. 20 yanvar kuni esa Jo Baydenning inauguratsiya marosimi o‘tkaziladi. O‘sha kuni AQSH vaqti bilan tushga qadar Donald Tramp cheklangan vakolatlar bilan AQSHning amaldagi prezidenti vazifasida qoladi. Inauguratsiya marosimi vaqtidagi millatga qasamyodidan keyin esa Jo Bayden rasman AQSHning 46-prezidentiga aylanadi.

Mamlakatning amaldagi prezidenti Donald Tramp esa ketma-ket ikki muddat prezidentlikka saylanmagani sabab keyingi prezidentlik saylovlarida o‘z nomzodini qo‘yish huquqini saqlab qoladi. Chunki AQSH qonunchiligiga ko‘ra, belgilangan talablarga mos keluvchi har bir fuqaro ikki marta mamlakat prezidenti lavozimiga saylanishi mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 0
  • AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi 03 мая, 10:40 29
  • Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi 03 мая, 09:09 169
  • Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi 03 мая, 09:05 45
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 390
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 227
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 0
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 6
  • Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi 03 мая, 11:30 12
  • Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video) 03 мая, 11:09 20
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 16
  • AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi 03 мая, 10:40 29
  • Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi 03 мая, 09:34 46
  • U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi 03 мая, 09:24 118
  • Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi 03 мая, 09:09 169
  • Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi 03 мая, 09:05 45
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 293
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 241
  • Bo‘limlar