“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 05:51
ЎЗO‘Z

«Sputnik V» vaksinasining sotuvga chiqish narxi tasdiqlandi

06 dek, 07:30 4 705 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Sputnik V» vaksinasining sotuvga chiqish narxi tasdiqlandi Foto: RIA Novosti
Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga qarshi ishlab chiqilgan «Sputnik V» vaksinasining ishlab chiqaruvchidan sotuvga chiqadigan cheklangan narxini tasdiqladi. Bu haqda sog‘liqni saqlash vazirining yordamchisi Aleksey Kuznetsov ma’lum qildi.

«Uning narxi ikkita komponent uchun 1942 rublni (26,1 dollar) tashkil etadi. Besh dona ikki komponentli to‘plamdan iborat qadoq narxi 9710 rubl atrofida (130,7dollar) ro‘yxaga olindi», — dedi Kuznetsov.

Avvalroq Rossiyaning to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi (RFPI) rahbari Kirill Dmitriyev BMT Bosh assambleyasining maxsus sessiyasida “Sputnik V” vaksinasining bir dozasi narxi 10 dollardan kamroqni tashkil qilishini aytgandi.

Ayni vaqtda Rossiya vaksinasining sinovlari Belarus, Venesuela, BAA va Hindiston kabi davlatlarda o‘tkazilmoqda. Xorijdan turib vaksina sinovlarida qatnashayotganlarning umumiy soni 5 ming kishidan, mamlakat ichidagi ko‘ngillilar esa 40 ming kishidan oshib ketgan.

Shuningdek, hozirgi kunda Hindiston, Braziliya, Xitoy, Janubiy Koreya va yana 4 ta mamlakatdagi zavodlarda «Sputnik V» vaksinasini ishlab chiqarish hajmini yiliga 500 million dozaga chiqarish borasida kelishuvga erishilgan.

Ma’lumot uchun, Rossiyada avgust oyida «Sputnik V» vositasi koronavirusga qarshi vaksina sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan. 4 dekabr kuni Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturovning shaxsan o‘zi koronavirusga qarshi «Sputnik V» vaksinasini Toshkentga olib kelgani xabar qilindi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 100
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 54
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 39
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 47
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 158
  • Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi 06 мая, 21:15 136
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 18
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 36
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 14
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 97
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 54
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 38
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 46
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 156
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 76
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 59
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 57
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 145
  • Bo‘limlar