“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 08:33
ЎЗO‘Z

Maradonaning sakkiz nafar merosxo‘ri o‘rtasida kurash boshlanishi mumkin. Uning merosi nimalardan iborat?

29 noya, 07:30 4 195 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Maradonaning sakkiz nafar merosxo‘ri o‘rtasida kurash boshlanishi mumkin. Uning merosi nimalardan iborat? Foto: Reuters
Diyego Maradonaning merosi uchun murakkab va «iflos» kurash yuzaga kelishi mumkin, deb yozmoqda Reuters agentligi. Agentlikning ma’lumot berishicha, undan qolgan mol-mulkni olti ayoldan bo‘lgan sakkiz farzandi talashishi mumkin.

Maradonaning advokati Matias Morlaning so‘zlariga ko‘ra, sobiq futbolchining Argentinada to‘rt, Italiyada bir va giyohvandlikdan davolangan Kubada uch nafar farzandi bor.

«Maradona ajrashgan bo‘lib, uning sakkiz farzandi bor edi. Shu bois uning mol-mulki sakkizga bo‘linadi. Bu murakkab jarayon bo‘ladi», — dedi futbol advokati Martin Apolo Reuters bilan suhbatda.

Odatda bu jarayon 90 kun davom etadi, bu davr ichida merosxo‘rlar o‘z huquqlarini talab qilishlari mumkin. Ammo «ichki nizolar» va meros talab qiladigan opportunistlar sababli Maradona bilan bog‘liq holatda jarayon uzoq davom etishi mumkin, deb taxmin qildi Apolo.

Reuters agentligining yozishicha, Maradonaning merosi ko‘chmas mulk, «aqlli» avtomobillar, investitsiyalar va turli mamlakatlarda olgan qimmatbaho sovg‘alardan iborat. Masalan, Maradona Fujairah futbol klubining texnik direktori bo‘lib ishlagan Dubayda unga ikkita qimmatbaho avtomobil sovg‘a qilingan, Belarusning «Dinamo-Brest» klubi faxriy prezidenti bo‘lganida esa Overcomer vezdexodi taqdim etilgan.

Maradonaning merosxo‘rlari uchun uning obraziga bo‘lgan huquq, bundan tashqari, kimoshdi savdolari orqali sotish mumkin bo‘lgan futbolkalari katta qiymatga ega, deb hisoblaydi Martin Apolo.

Diyego Maradona 25 noyabrda 60 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, uning o‘limiga yurak xuruji sabab bo‘lgan. Futbolchining vafoti tufayli Argentinada 3 kunlik motam e’lon qilingan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • AQSH Ukrainaga Patriot havo-mudofaa tizimlarining yangi to‘plamini yetkazib beradi 28 apr, 06:00 20
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 221
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 114
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 168
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 149
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 195
  • So'nggi yangiliklar
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 8
  • AQSH Ukrainaga Patriot havo-mudofaa tizimlarining yangi to‘plamini yetkazib beradi 28 apr, 06:00 20
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 79
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 221
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 95
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 54
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 114
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 168
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 149
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 224
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 195
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 152
  • Bo‘limlar