“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 16:39
ЎЗO‘Z

Daniyada koronavirus mutatsiyasi tufayli o‘ldirib, ko‘mib tashlangan qorako‘zanlar «qabrdan bosh ko‘tardi»

27 noya, 13:02 5 432 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Daniyada koronavirus mutatsiyasi tufayli o‘ldirib, ko‘mib tashlangan qorako‘zanlar «qabrdan bosh ko‘tardi» Foto: The Guardian
Daniyada koronavirusning mutatsiyalangan versiyasi qorako‘zanlarda aniqlanganidan so‘ng virusni yuqtirgan barcha hayvonlar 2020 yilning noyabr oyi o‘rtalarida o‘ldirilgan edi.

Qorako‘zanlar tanasi ko‘milgan, ammo unchalik ham chuqurga emas. Chirish jarayonida gazlar ajralgan, shu tufayli o‘limtiklar yer yuzasiga chiqib qolgan, deb yozadi The Guardian.

Bir necha ming qorako‘zanlar harbiy poligonda 1 metr chuqurlikdagi «ommaviy qabr»ga ko‘milgan.

«Hayvonlarning chirishi natijasida gaz paydo bo‘lishi mumkin. Bu ularning hajman kengayishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun ham eng yomon holatlarda qorako‘zanlar tanasi yerdan siqib chiqariladi», − deydi Milliy politsiya vakili Tomas Kristensen.

Politsiya buni tabiiy jarayonligi va qabrlarni ko‘proq tuproq bilan qoplash kerakligini ta’kidladi, chunki G‘arbiy Yutlandiyaning tuprog‘i juda yengil.

Daniya Atrof muhit vazirligi ushbu hodisani «chirish bilan bog‘liq vaqtinchalik muammo» deb atadi. Hayvonlar va insonlar uchun yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish uchun hudud panjara o‘rnatilgunga qadar 24 soat davomida nazorat qilinadi.

Kristensenning so‘zlariga ko‘ra, chirigan jonzotlarning tanasi insonlar uchun xavfli emas, ular dafn etilguncha dezinfeksiya qilingan va ohak bilan qoplangan. Virus esa asosan havodan nafas oladigan qorako‘zanlar orqali yuqishi mumkin.

Shuningdek, mahalliy ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, qorako‘zanlar ko‘llar va yerosti suvlariga yaqin joyga ko‘milgan bo‘lishi ham mumkin. Bu esa oqava va ichimlik suvlarining ifloslanishiga olib keladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • AQSH razvedka idoralari Rossiya rahbariyatini Navalniyning o‘limiga aloqador deb hisoblamaydi 27 apr, 16:21 0
  • Sankt-Peterburgda ayollarni yong‘indan qutqargan qahramon o‘zbek kim edi? 27 apr, 14:14 59
  • AQSHda benzin va propan olib ketayotgan poyezd relsdan chiqib, yonib ketdi 27 apr, 11:21 58
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 286
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir tojikistonlik qo‘lga olindi 27 apr, 06:03 301
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 199
  • So'nggi yangiliklar
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 23
  • Sankt-Peterburgda ayollarni yong‘indan qutqargan qahramon o‘zbek kim edi? 27 apr, 14:14 59
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 20
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 67
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 22
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 73
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 70
  • AQSHda benzin va propan olib ketayotgan poyezd relsdan chiqib, yonib ketdi 27 apr, 11:21 58
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 86
  • Laporta Xavini qanday va’dalar bilan olib qoldi? 27 apr, 10:16 80
  • ILMA bukmekerlikka oid farmon haqida: Mablag‘lar mamlakatdan chiqib ketishining oldini olishga qaratilgan 27 apr, 10:10 41
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 286
  • Bo‘limlar