“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 08:15
ЎЗO‘Z

Koronavirusga qarshi Amerika vaksinasining nojo‘ya ta’sirlari ma’lum bo‘ldi

27 noya, 09:00 2 889 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Koronavirusga qarshi Amerika vaksinasining nojo‘ya ta’sirlari ma’lum bo‘ldi Foto: «REUTERS / Pfizer»
Amerika tibbiyot assotsiatsiyasi ekspertlari koronavirusga qarshi «Moderna» va «Pfizer» vaksinalarining nojo‘ya ta’sirlarini aniqlashdi, deb yozadi «Newsweek».

Mutaxassislar ikkala preparat ham yoqimsiz, lekin bezarar nojo‘ya ta’sirlarga ega ekanligini ta’kidlab, aholini bunga tayyor turishga chaqirishgan.

«Moderna» vaksinasining sinovida ishtirok etganlar yagona nojo‘ya ta’sir sifatida ukol qilingan joydagi og‘riqni aytishgan. Bunday nojo‘ya ta’sirdan birinchi doza yuborilgandan so‘ng 2,7% bemorlar shikoyat qilishgan. Preparatning ikkinchi dozasidan so‘ng bemorlarning 9,7%ida charchoq, 8,9%ida mushak og‘rig‘i, 5,2%ida bo‘g‘im og‘rig‘i paydo bo‘lgan. Yana 4,5% ishtirokchilar bosh og‘rig‘idan arz qilgan bo‘lsa, 4,1%ida ukol qilingan joyda og‘riq kelib chiqqan.

Bemorlardan biri, 43 yoshli Lyuk Xatchinson emlangandan so‘ng «chidab bo‘lmas» isitma haqida ma’lum qilgandi, lekin u 12 soatdan so‘ng o‘tib ketgan.

«Pfizer» vaksinasi ikkinchi doza yuborilgandan so‘ng sinov ishtirokchilarining taxminan 4%ida bosh og‘rig‘iga sabab bo‘lgan. Boshqa shikoyatlar aniqlanmagan.

Avvalroq AQSHda «Pfizer» vaksinasi sinovida ishtirok etgan kishi preparatning ikkinchi dozasi yuborilgandan so‘ng isitma, lohaslik va umumiy quvvatsizlik haqida ma’lum qilgandi. Shunga qaramay, u noxushliklar bir necha soatdan so‘ng o‘tib ketganini ta’kidlagan.

Koronavirus pandemiyasi qariyb butun Yer yuzini qamrab oldi. Taxminan 60 million kishi kasallikka chalinib, ulardan 1,4 million nafari vafot etdi. Kovid holati eng ko‘p AQSH, Hindiston va Braziliyada qayd etilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi 01 мая, 06:00 36
  • Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi 30 apr, 23:42 97
  • Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi 30 apr, 21:33 107
  • AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi 30 apr, 20:43 181
  • Gruziya bosh vaziri mamlakat prezidentini “sotqin” deb atadi 30 apr, 18:50 398
  • Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat 30 apr, 18:02 136
  • So'nggi yangiliklar
  • Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi 01 мая, 06:00 36
  • “Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi 01 мая, 00:40 319
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 63
  • Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat" 30 apr, 23:50 110
  • Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi 30 apr, 23:42 97
  • U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin 30 apr, 23:15 166
  • Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi 30 apr, 23:00 66
  • O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan! 30 apr, 22:34 423
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 121
  • Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi 30 apr, 21:33 107
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 112
  • AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi 30 apr, 20:43 181
  • Bo‘limlar