“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 11:09
ЎЗO‘Z

Olimlar koronavirus epidemiyasini olti hafta ichida yengish usulini ma’lum qildi

25 noya, 00:05 2 710 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Olimlar koronavirus epidemiyasini olti hafta ichida yengish usulini ma’lum qildi 75 foiz aholini har uch kunda COVID-19 koronavirus infeksiyasiga ekspress-testlar orqali tekshirish pandemiyaga olti hafta ichida barham berishi mumkin. Bu haqda Boulderdagi Kolorado universitetining Garvard sog‘liqni saqlash maktabi tadqiqotchilari ma’lum qilgan, deya xabar bergan Business Insider.

«Bizning umumiy xulosamiz shundan iboratki, masala sog‘liqni saqlash haqida ketganidan ertaga yana ham ta’sirchan testlar o‘tkazmaslik uchun hozirning o‘zida ta’sirchanligi nisbatan pastroq testlarni o‘tkazish zarur», – degan Kolorado universiteti informatika professori, tadqiqotlar muallifi Daniel Larremor.

Science Advances’da e’lon qilingan tadqiqotga ko‘ra, tezkor testlar garchi ishonchlilik darajasi past bo‘lsa ham, hukumatlarning maqsadga muvofiq bo‘lgan choralar ko‘rishiga turtki beradi, nafaqat cheklov choralari qo‘llanilishi, balki ommaviy ravishda qilinadigan ishlar ham belgilab olinadi.

Shuningdek, tezkor testlar nisbatan arzonga tushadi va natijani ikki kun emas, balki bir necha daqiqa ichida ko‘rsatishi mumkin.

Olimlarning qayd etishicha, agar AQSHda aholi har kuni test qilinganida, musbat natija ko‘rsatganlar izolyatsiya qilinar va bu koronavirusga qarshi kurashdagi katta qadam bo‘lar edi.

«Barchaga uyda qolishni tavsiya etish o‘rniga bir nafar infeksiya yuqtirgan odamni xonadonida izolyatsiyada qoldirib, qolganlar odatiy hayot tarzini kechirishiga sharoit yaratish mumkin edi», – deya qo‘shimcha qilgan Larremor.

Matematik modellashtirishga asoslangan tadqiqotlar aholining 75 foiz qismida ekspress-testlarning har uch kunda o‘tkazilishi yakunda kasallanish ehtimolini 88 foizga tushirishi va olti hafta ichida epidemiyani yengib o‘tishni ta’minlashi mumkinligini ko‘rsatgan.

«Ushbu tezkor testlar kasallanish, boshqalarni zararlash ko‘rsatkichini belgilaydi. Ular boshqalarni kasallantirishi mumkin bo‘lgan kishida favqulodda tezkor ravishda COVID-19’ni aniqlaydi», – degan olimlar.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 83
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 98
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 113
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 136
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 162
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 43
  • So'nggi yangiliklar
  • 118:9: “Barselona” futbol o‘ynashni qizlardan o‘rgansin! 05 мая, 11:00 0
  • Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin... 05 мая, 10:13 1
  • Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi 05 мая, 09:59 0
  • Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda 05 мая, 09:53 3
  • Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video) 05 мая, 09:51 9
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 83
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 136
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 67
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 42
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 98
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 77
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video) 05 мая, 05:12 42
  • Bo‘limlar