“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 18:52
ЎЗO‘Z

Koronavirusning eng keng tarqalgan to‘rtta alomati

19 noya, 20:20 3 446 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Koronavirusning eng keng tarqalgan to‘rtta alomati Foto: «RIA Novosti»
Britaniyalik va kanadalik shifokorlar koronavirusga chalinganini hali bilmagan odamda yangi virusni yuqtirganlikka ishora qiluvchi eng keng tarqalgan to‘rtta alomatni aniqlashdi, deya xabar berdi «Express».

Koronavirusga chalingan har beshinchi bemor oshqozon bilan bog‘liq muammolardan qiynaladi, deb yozadi maqola muallifi bir qancha tadqiqot ma’lumotlariga tayanib. Gastroenterologiya alomatlari orasida ishtaha yo‘qolishi, ko‘ngil aynishi, qayt qilish va qorin og‘rig‘i bor.

«Ushbu alomatlar bemorda albatta COVID-19 borligini anglatmaydi», — deydi Albert universiteti olimi Mitch Uilson. Shunga qaramay, bu alomatlarni e’tiborsiz qoldirmasdan, zudlik bilan shifokorga murojaat qilishga chaqiradi.

O‘z navbatida, doktor Dayana Gallning ta’kidlashicha, ich ketishi koronavirusga chalinganlikning erta alomatlaridan biri hisoblanadi.
COVID-19ga chalinganlikning yana bir belgisi — kon’yunktivit. Bunday bayonot bilan Amerika oftalmologiya akademiyasi xodimlari chiqishgan. Ushbu alomat kam uchraydi — taxminan uch foiz holatda.

«Virus kasallikka chalingan odamning ko‘z yoshi yoki ushbu suyuqlik bo‘lgan buyumlar orqali tarqalishi mumkin», — deya izohladi amerikalik mutaxassislar.

Koronavirusning uchinchi alomati — ong chalkashishi. Londondagi Imperiya kolleji olimlarining ta’kidlashicha, u kognitiv asoratlar sirasiga kirib, tuzalgandan keyin ham bir necha oygacha davom etishi mumkin.

Britaniyalik olimlar o‘z tadqiqotlari doirasida kasallik jiddiy kechishiga qarab miya zararlanishi mumkinligini aniqlashdi.
Yana bir alomati charchoq bo‘lib, Dublindagi Triniti kolleji olimlari COVID-19ga chalingan bemorlarning har ikkinchisida uchrashini va o‘n haftagacha saqlanib qolishini qayd etishgan.

Koronavirus pandemiyasi qariyb butun dunyoni qamrab oldi. Kasallanganlar soni jami 57 million kishiga yaqinlashib qoldi, ulardan 1,3 million nafari vafot etdi. Koronavirus, ayniqsa, AQSH, Hindiston va Braziliyada ko‘proq qayd etilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 0
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 1
  • Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi 04 мая, 16:10 32
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 22
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 43
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 56
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 1
  • Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi 04 мая, 17:39 1
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 4
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 6
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 12
  • Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi 04 мая, 16:10 32
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 22
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 43
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 87
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 76
  • Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar 04 мая, 14:10 20
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 56
  • Bo‘limlar