“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 09:35
ЎЗO‘Z

Portugaliya qirg‘oqlarida «qotil-kitlar» to‘dasi kemani qurshab olib, ikki soat unga hujum qildi

18 noya, 17:00 3 866 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Portugaliya qirg‘oqlarida «qotil-kitlar» to‘dasi kemani qurshab olib, ikki soat unga hujum qildi Foto: News Break
Olti yoki yetti kosatkadan iborat to‘da Portugaliya qirg‘oqlari yaqinidagi kemani qurshab olib, unga ikki soat davomida hujum uyushtirgan, deb xabar beradi Newsweek.

Oktabr oyida britaniyalik yaxtsmen Devid Smit kemani Fransiyadan Gibraltarga olib kelmoqchi bo‘lgan. Portugaliya qirg‘oqlaridan 30 kilometr narida 13 metrli yaxta oldiga olti yoki yettita kosatka (qotil-kitlar nomi bilan ham mashhur) suzib kelib, kemani qurshab olgan.

«Meni qo‘rqitish oson emas, lekin bu chindan qo‘rqinchli edi. Asosan yosh kosatkalar — eng kichkinalari faol edi. Rul chambaragi har to‘qnashuvda juda tez aylanardi», — deydi Smit.

Jamoa sun’iy yo‘ldosh telefoni orqali portugal qirg‘oq qo‘riqchilari bilan bog‘langan va sodir bo‘layotgan voqeani ma’lum qilgan. Ularga motorni o‘chirib, yelkanlarni tushirishni tavsiya qilishgan.

Yaxtsmen o‘sha vaqtda, ayniqsa, kosatkalar rul balleri nomli kema qismini siljitib yuborishidan xavotirga tushgan. «Agarda u siljib qolganida, bizni haqiqiy muammolar kutib turardi. Men portugal qirg‘oq qo‘riqchilaridan bizni evakuatsiya qilish uchun vertolyot jo‘natishlarini so‘rashga tayyor edim», — deydi u.

Oradan taxminan ikki soatlar o‘tgach, kosatkalar kutilmaganda suzib ketgan.

Ushbu ko‘ngilsiz hodisa — so‘nggi yarim yilda kemalar va kosatkalar o‘rtasidagi 40 ga yaqin sirli «uchrashuv»ning biri hisoblanadi. Okeanologlar hamon kosatkalar kemalarga nima sababdan hujum uyushtirayotganini aniqlashga urinmoqda — bunga qadar bu kabi holatlar juda kam uchragan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gruziya poytaxtida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi 01 мая, 09:13 0
  • Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi 01 мая, 06:00 36
  • Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi 30 apr, 23:42 98
  • Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi 30 apr, 21:33 107
  • AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi 30 apr, 20:43 182
  • Gruziya bosh vaziri mamlakat prezidentini “sotqin” deb atadi 30 apr, 18:50 398
  • So'nggi yangiliklar
  • Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi 01 мая, 06:00 36
  • “Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi 01 мая, 00:40 319
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 63
  • Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat" 30 apr, 23:50 110
  • Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi 30 apr, 23:42 98
  • U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin 30 apr, 23:15 166
  • Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi 30 apr, 23:00 66
  • O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan! 30 apr, 22:34 423
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 121
  • Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi 30 apr, 21:33 107
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 112
  • AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi 30 apr, 20:43 182
  • Bo‘limlar