“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 20:17
ЎЗO‘Z

BioNTech kompaniyasi rahbari odamlar qachon odatiy hayot tarziga qaytishi mumkinligini aytdi

17 noya, 13:45 2 630 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
BioNTech kompaniyasi rahbari odamlar qachon odatiy hayot tarziga qaytishi mumkinligini aytdi Foto: Reuters
Germaniyaning BioNTech farmatsevtika kompaniyasi asoschilaridan biri va rahbari Ugur Shaxinning fikricha, kelayotgan qish qiyin bo‘ladi, chunki vaksinalar COVID-19 bilan kasallanish holatlari soniga sezilarli ta’sir ko‘rsatishga ulgurmaydi. Bu haqda «RBK» xabar berdi.

Noyabr oyining boshida BioNTech va AQSHning Pfizer kompaniyasi ular ishlab chiqarayotgan vaksina sinovlarda 90 foizdan yuqori samaradorlikni ko‘rsatganini ma’lum qildi. Bu esa fond bozorlarida kotirovkalarning tez o‘sishiga sabab bo‘ldi.

Biroq Shaxinning so‘zlariga ko‘ra, COVID-19 tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat yaqin oylarda yaxshilanmaydi.

«Bu qish qiyin bo‘ladi», — deb ogohlantirdi BioNTech rahbari. Ugur Shaxinning aytishicha, hatto eng yaxshi holatda ham, uning kompaniyasi o‘z vaksinasini yetkazib berishni faqat 2020 yilning oxirida yoki 2021 yil boshida boshlashi mumkin. Kompaniya rahbari Yevropa Ittifoqi aholisining kamida bir qismini emlash uchun zarur bo‘lgan 300 million dozani ishlab chiqarish faqat 2021 yilning apreligacha rejalashtirilganligini ta’kidlagan.

Shaxinning so‘zlariga ko‘ra, 2021 yilning yozida COVID-19 yuqtirish darajasi tabiiy ravishda kamayadi, ammo keyingi kuzga qadar emlashni yakunlash kerak.

«Ishonchim komilki, shunday bo‘ladi, chunki vaksinalar ishlab chiqaradigan bir qator kompaniyalar mavjud bo‘lib, bizga yetkazib berishni ko‘paytirishga yordam beradi. Shunday qilib, kelasi yil biz odatdagidek qishlashimiz mumkin», — deya va’da berdi Shaxin.

Uning ta’kidlashicha, hatto real sharoitda BioNTech va Pfizer tomonidan ishlab chiqarilgan vaksinaning samaradorligi 90 foiz emas, balki atigi 50 foiz bo‘lsa ham, bu COVID-19 tarqalishining keskin pasayishini ta’minlash uchun yetarli bo‘ladi.

Shaxinning so‘zlariga ko‘ra, vaksina natijasida yuzaga kelgan immunitet qancha davom etishi haqida gapirishga hali erta. Ammo agar bir yildan keyin emlanganlarning immuniteti pasaygan bo‘lsa, qayta emlash katta qiyinchiliklarga olib kelmasligi kerak.

Eslatib o‘tamiz, AQSHning Moderna kompaniyasi 16 noyabr kuni sinovlarning uchinchi bosqichidagi koronavirusga qarshi vaksina 94,5 foiz samaradorlik ko‘rsatganini e’lon qildi. Bu yangilik ortidan AQSH fond bozorida o‘sish boshlandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi 03 мая, 20:05 0
  • O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi 03 мая, 19:13 10
  • ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan o‘zbekistonlik AQSHda 2 yil erkin yashagani aniqlandi 03 мая, 18:21 62
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 309
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 58
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 222
  • So'nggi yangiliklar
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 2
  • O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi 03 мая, 19:13 10
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 33
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 40
  • Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi" 03 мая, 18:34 141
  • Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!" 03 мая, 18:26 34
  • ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan o‘zbekistonlik AQSHda 2 yil erkin yashagani aniqlandi 03 мая, 18:21 62
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 38
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 238
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 309
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 58
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 221
  • Bo‘limlar