“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 14:15
ЎЗO‘Z

Bayden AQSHning «Huawei»ga qarshi urushini davom ettiradimi yoki...

10 noya, 20:33 2 154 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bayden AQSHning «Huawei»ga qarshi urushini davom ettiradimi yoki... Foto: «Nikkei Asia»
Donald Trampning prezidentlik davri texnologiyalar sohasi uchun asosan AQSHning Xitoy kompaniyalari, xususan, «Huawei» bilan urushlari ko‘rinishida iz qoldirdi. Endi, yangi prezident saylanganidan so‘ng, ayrimlarda umid uyg‘onyapti — balki hammasi izga tushar... «Nikkei Asia» nashri Baydenning g‘alabasi Osiyo uchun nimani anglatishini yozmoqda.

Texnologiya kompaniyalari Bayden ma’muriyati Xitoy va AQSHdagi ta’minot zanjirlari uzilishlarini tiklashi yoki hech bo‘lmaganda ziddiyatni sekinlashtirishiga umid qilishyapti. Chunki «Huawei» «qora ro‘yxat»ga kiritilganidan beri Amerika texnologiya kompaniyalari milliardlab dollar zarar ko‘rdi. Ekspertlarga ko‘ra, Baydenning o‘rtadagi nizoni yanada chuqurlashtirishi ehtimoli pastroq, aftidan u Pekinga ko‘proq hamkorlik takliflarini bera oladi.

Mutaxassislardan biriga ko‘ra, Xitoyga nisbatan qattiqqo‘l siyosatni davom ettirish barobarida, baribir, Bayden strategik mushohadasiga ko‘proq tayanadi. Xullas, Amerika kompaniyalariga zarar yetkazib qo‘ygan Trampdan farqli ravishda, yangi prezident ehtiyotkor bo‘ladi.

Shunga qaramasdan, Bayden davrida ham Xitoy va AQSH orasidagi texnologik raqobat kuchayib boraveradi. Xususan, «Huawei»ga sanksiya qo‘llangandan keyin g‘isht qolipdan ko‘chib bo‘lgan: «Apple», «HP», «Dell» va «Google» o‘z ta’minotchilaridan ishlab chiqarishni Xitoydan olib chiqishni so‘rashgan. Misol uchun, «Apple» ulkan zavodlarini Hindiston va Vetnamga ko‘chirmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 5
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 15
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 47
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 239
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 101
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 165
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 5
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 15
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 11
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 19
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 54
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 42
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 61
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 47
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 239
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 101
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 21
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 165
  • Bo‘limlar