“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 08:31
ЎЗO‘Z

Koronavirus: Samaradorligi 90 foizdan ortiq bo‘lgan ilk vaksina paydo bo‘ldi

09 noya, 23:43 2 832 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Koronavirus: Samaradorligi 90 foizdan ortiq bo‘lgan ilk vaksina paydo bo‘ldi Foto: Reuters
AQSH farmatsevtika sanoati giganti Pfizer kompaniyasi koronavirusga qarshi vaksinasining uchinchi bosqichi sinovlarining dastlabki natijalari haqida hisob berdi.

Germaniyaning BioNTech kompaniyasi bilan birgalikda ishlab chiqilayotgan koronavirusga qarshi vaksinaning insonlarda o‘tkazilgan sinov dastlabki natijalari 90 foiz samaradorligini ko‘rsatmoqda. Vaksinaning uchinchi fazadagi sinovi 27 iyul kuni boshlangandi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu sinovlarda qatnashayotganlarning vaksina olganlarida qolganlariga qaraganda 90 foizga yaxshiroq natija kuzatilgan (Ko‘ngillilarning yarmi haqiqiy vaksina olmaydi, teng yarmi haqiqiy vaksina oladi. Bu platsebo usuli deyiladi).

Kompaniyadagilarning ta’kidlashicha, vaksinaning samarali ta’sirini emlash boshlanganidan 28 kun o‘tib bilish mumkin — bu vaqtda bemorga ikki doza yuboriladi. Tadqiqotda jami 43 ming 538 nafar ko‘ngilli ishtirok etmoqda. Ularning hech birida vaksinaning nojo‘ya ta’siri kuzatilmagan.

Pfizer bu natijalarni «fan va insoniyat uchun kun» deb ta’riflagan. Kompaniyadagilar yaqin vaqtlar ichida barcha statistik ma’lumotlar tahlil qilinishi, shundan keyin natijalar ilmiy jurnallarda nashr etilishi, kompaniya esa vaksinani tarqatish uchun me’yoriy ruxsatnomani olishni boshlashi mumkinligini qayd etishgan.

Shuningdek, Pfizer 2020 yil oxiriga qadar bozorga 50 million dozada vaksina yetkazib berilishi, keyingi yil mobaynida bu miqdor — 1,3 milliard dozaga yetkazilishini ma’lum qilgan.

Hozirda — yakunlovchi — uchinchi bosqich sinovlari dunyoda bir necha vaksinalarda o‘tkazilmoqda. Rossiyaning «Sputnik V», AQSHdagi AstraZeneca va Moderna kompaniyalari, shuningdek, Xitoyning bir necha vaksinalari shular jumlasidandir.

Avvalroq Microsoft asoschisi Bill Geyts barcha sinov bosqichidan o‘tgan koronavirusga qarshi vaksina AQSHda kelasi yil boshlarida paydo bo‘lishini aytgan, u bu borada Pfizer birinchi bo‘lishi kutilayotganini ma’lum qilgandi.

«Agar omad kulib boqsa, bizda hozir uchinchi bosqich sinovida bo‘lgan olti preparatdan ikki yoki uchtasi bo‘ladi. Pfizer’da birinchi bo‘lish imkoniyati bor. U vaksinalar ishlab chiqarish bo‘yicha juda tajribali kompaniya va u o‘z tadqiqotini juda puxta rejalashtirgan», degandi Geyts.

Yil boshidan buyon butun dunyoda koronavirusdan zararlanganlar soni 50 million kishidan oshdi, 1,26 million kishi kasallik oqibatida vafot etdi. So‘nggi bir haftada 500-600 ming kishi virusdan zararlangan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi 01 мая, 06:00 36
  • Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi 30 apr, 23:42 98
  • Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi 30 apr, 21:33 107
  • AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi 30 apr, 20:43 182
  • Gruziya bosh vaziri mamlakat prezidentini “sotqin” deb atadi 30 apr, 18:50 398
  • Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat 30 apr, 18:02 136
  • So'nggi yangiliklar
  • Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi 01 мая, 06:00 36
  • “Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi 01 мая, 00:40 319
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 63
  • Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat" 30 apr, 23:50 110
  • Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi 30 apr, 23:42 97
  • U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin 30 apr, 23:15 166
  • Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi 30 apr, 23:00 66
  • O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan! 30 apr, 22:34 423
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 121
  • Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi 30 apr, 21:33 107
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 112
  • AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi 30 apr, 20:43 181
  • Bo‘limlar