“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 17:31
ЎЗO‘Z

Armanistonda kontrrazvedka boshlig‘i va chegara qo‘shinlari qo‘mondoni ishdan olindi

28 okt, 09:00 3 164 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Armanistonda kontrrazvedka boshlig‘i va chegara qo‘shinlari qo‘mondoni ishdan olindi Foto: Getty Images
Armaniston Milliy xavfsizlik xizmati kontrrazvedka departamenti boshlig‘i Ovanes Karumyan va chegara qo‘shinlari shtabi boshlig‘i Gagik Tevosyan iste’foga chiqarildi. Bundan tashqari, tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasi mudofaa vaziri Jalal Arutyunyan Ozarboyjon bilan janglarda yarador bo‘lgani sababli almashtirildi.

Karumyan va Tevosyanning bo‘shatilishi sabablari ma’lum qilinmagan. Biroq bundan oldinroq Milliy xavfsizlik xizmati rahbari Armen Ayvazyan sobiq yuqori lavozimdagi harbiy josuslikka yollangani holati aniqlanganini ma’lum qilgan. Sobiq amaldor harbiy qismlardan axborot olib, uni Ozarboyjonga bergan. Shuningdek, xorijliklarga safarbarlik va harbiy texnika haqida axborot berilgan. Avvalroq, oktabr boshida Armanistonda josuslikda gumon qilingan bir necha xorijlik qo‘lga olingani ma’lum qilingan.

Tog‘li Qorabog‘ prezidenti Araik Arutyunyanning ma’lum qilishicha, respublika mudofaa vaziri janglarda yarador bo‘lgani sababli almashtirildi. Uning aytishicha, bu o‘zgartirish “muhokamalarga sabab bo‘lmasligi kerak”. “Jalal Anatolevichga tezroq sog‘ayib ketishni tilayman va u tez orada vatan xizmatiga yana qaytishiga ishonaman”, deb yozgan Arutyunyan Facebook’da. Jalal Arutyunyan o‘rniga general-mayor Mikayel Arzumanyan tayinlangan.

Tog‘li Qorabog‘da bir oydan beri Armaniston va Ozarboyjon qurolli kuchlari o‘rtasida janglar davom etmoqda. Tomonlar yarashuv haqida uch marta kelishgan, biroq o‘q otishni to‘xtatishga barcha urinishlar barbod bo‘lgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 16
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 7
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 49
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 60
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 43
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 185
  • So'nggi yangiliklar
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 1
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 15
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 6
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 49
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 40
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 40
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 60
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 129
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 43
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 39
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 63
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 185
  • Bo‘limlar