“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 22:16
ЎЗO‘Z

Sloveniya va Chexiyada koronavirus sababli komendantlik soati kiritildi

27 okt, 11:30 1 871 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Sloveniya va Chexiyada koronavirus sababli komendantlik soati kiritildi Foto: Reuters
Sloveniya va Chexiyada koronavirus tarqalishi oldini olish uchun komendantlik soati kiritildi. Sloveniyada odamlarning harakatlanishi soat 21dan 6gacha, Chexiyada esa soat 21dan soat 5gacha cheklanadi.

Sloveniyada komendantlik soati 27 oktabrdan kuchga kiradi. Bahorda Sloveniya o‘z hududida pandemiya yakunlanganini e’lon qilgan Yevropaning birinchi davlatlaridan biri bo‘lgandi.

Sloveniyada aholi punktlari orasida harakatlanish ham ta’qiqlanadi. Boshqa hududga ishga borish kerak bo‘lgan holatlar bundan mustasno bo‘ladi. Bundan tashqari, qarindoshini parvarishlash, xorijiy elchixona va konsulxonalarga borish kerak bo‘lganda ham boshqa munitsipalitetga kirishga ruxsat beriladi. Cheklovlar bir hafta amal qiladi.

Shuningdek, 6 nafardan ko‘proq odam ishtirokidagi ommaviy tadbirlar, jumladan to‘ylar va diniy marosimlar taqiqlanadi. Karantinni sekin-asta bekor qilish rejalashtirilmoqda.

Chexiyada komendantlik soati 28 oktabrdan 3 noyabrgacha amal qiladi. Bu vaqtda odamlarning erkin harakatlanishi soat 21dan 5gacha taqiqlanadi. Avvalroq Chexiyada virus tarqalishi oldini olish uchun barlar, restoranlar va aksariyat do‘konlar yopilgan edi. Biroq ta’kidlanishicha, bu kasallanish holatlarining sezilarli kamayishiga olib kelmagan.

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Sloveniyada kasallanish holatlari 24 mingdan oshgan, 251 kishi infeksiyadan vafot etgan. Chexiyada esa 263 ming kishi virus yuqtirib olgan, ulardan 2,3 ming nafari vafot etgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi 01 мая, 21:36 11
  • Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi 01 мая, 19:30 76
  • "Liverpul" futbolchisi jamoadoshining xotini bilan “don olishib yurgani" ma’lum bo‘ldi 01 мая, 18:33 346
  • Sun’iy intellekt qadimgi yunon faylasufi Platonning qabrini topdi 01 мая, 18:23 95
  • Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas 01 мая, 16:00 91
  • AQSH marixuanani kuchli giyohvand moddalar ro‘yxatidan chiqaradi 01 мая, 15:10 48
  • So'nggi yangiliklar
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 1
  • Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi 01 мая, 21:36 10
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 26
  • «Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi 01 мая, 20:53 11
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 14
  • Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi 01 мая, 20:13 50
  • Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi 01 мая, 19:53 53
  • Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi 01 мая, 19:30 76
  • Yangihayot tumani sudyasi pora bilan qo‘lga tushgani rad etildi 01 мая, 19:11 44
  • O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi? 01 мая, 18:53 59
  • "Liverpul" futbolchisi jamoadoshining xotini bilan “don olishib yurgani" ma’lum bo‘ldi 01 мая, 18:33 346
  • Sun’iy intellekt qadimgi yunon faylasufi Platonning qabrini topdi 01 мая, 18:23 95
  • Bo‘limlar