“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 07:19
ЎЗO‘Z

Atamboyev ochlik e’lon qildi

26 okt, 21:57 2 781 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Atamboyev ochlik e’lon qildi Foto: 24.kg
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev Bishkekdagi 1-tergov izolyatoridagi sharoitlarga nisbatan norozilik sifatida ochlik e’lon qildi. Bu haqda sobiq prezidentning advokati Sergey Slesarev xabar berdi.

"Atamboyev davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi tergov izolyatoridan Bishkekdagi 1-tergov izolyatoriga o‘tkazildi. U ochlik e’lon qildi. Atamboyev hozir ilgari o‘lim jazosiga hukm qilinganlar joylashtirilgan yerto‘lada yotibdi. U yerda oddiy sharoitlar ham yo‘q", - dedi u.

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘izistonda o‘tkazilgan parlament saylovlari natijalaridan norozi bo‘lgan qirg‘izistonliklar namoyishga chiqishgandi. Ular Atamboyev saqlanayotgan Qirg‘iziston milliy xavfsizlik qo‘mitasi binosining darvozasini sindirib, ichkariga kirishgan va uni ozodlikka chiqarishgandi.

Almazbek Atamboyev 10 oktabr kuni Bishkekda ommaviy tartibsizliklar uyushtirish bo‘yicha jinoyat ishi doirasida qo‘lga olindi.

Ma’lumot uchun, 2019 yil avgustda qo‘lga olingan Almazbek Atamboyev bir qator jinoyatlarda ayblanib, 11 yil 2 oy qamoq jazosiga hukm qilingandi. Unga qo‘yilgan asosiy ayblov sifatida jinoyatchi Aziz Batukayevni ozodlikka chiqarish keltirilgandi. 2013 yilda 16 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan Batukayev muddati yakunlanmay turib ozodlikka chiqarilgan. Atamboyev prezidentlikdan ketgach, bu ish borasida tekshiruv boshlandi. Atamboyev aybini tan olmagach, harbiylar uning uyiga bostirib kirib, qo‘lga olishgandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 0
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 7
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 64
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 97
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 136
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 33
  • So'nggi yangiliklar
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 1
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 0
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 0
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 7
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 12
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi 05 мая, 05:12 10
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 63
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 215
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 64
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 66
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 119
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 46
  • Bo‘limlar