“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 09 2024, 01:34
ЎЗO‘Z

Pol Pogba Makronning islomga qarshi siyosatidan so‘ng Milliy jamoa libosini kiymasligini aytdi

26 okt, 17:13 3 281 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Pol Pogba Makronning islomga qarshi siyosatidan so‘ng Milliy jamoa libosini kiymasligini aytdi Angliya Premer-ligasi jamoalaridan biri “Manchester Yunayted” futbolchisi Pol Pogba futbol tarixidagi eng g‘ayrioddiy qarorlardan birini qabul qildi. Buyuk Britaniya matbuotidagi xabarlarga ko‘ra, futbol yulduzi bundan buyon Fransiya milliy jamoasida o‘ynamaydi. Bu qarorga sabab sifatida Fransiya Prezidenti Makronning Islomga oid shov-shuvli bayonotlari ko‘rsatilmoqda.

Emmanuel Makronning terrorizmni Islom bilan bog‘lagan so‘zlaridan keyin Fransiyada yashovchi musulmonlar norozilik bildira boshlashdi. Makron o‘zining shov-shuvli so‘zlarini aytishni to‘xtatmaganidan so‘ng, Fransiya futbol terma jamoasining futbolchilaridan biri Pol Pogba keskin qaror qabul qildi.

Angliya matbuotining The Sun gazetasida chop etilgan xabarga ko‘ra, Pogba Makronning Islom haqidagi bayonotlaridan so‘ng terma jamoadagi faoliyatini yakunlagan. Ushbu masala bo‘yicha rasmiy xabar berilmagan bo‘lsada, Pogba navbatdagi milliy terma jamoa o‘yinida fransuz futbolkasini kiymasligi ta’kidlangan.

Yaqin Sharq matbuotidagi xabarlarda, Makronning Fransiyadagi terroristik hodisalarda Islomni ayblashga bo‘lgan munosabatidan so‘ng, Pogba ham o‘z mamlakatidagi musulmonlar nomidan yuqoridagi qarorni qabul qilganligi ta’kidlangan.

Musulmon futbolchi Pogba 2016 yilda “Yuventus” dan “Manchester Yunayted” ga 105 million yevro evaziga o‘tgan edi. Pogba 2018 yilda Fransiya terma jamoasi bilan Jahon chempionatida g‘olib chiqishga muvaffaq bo‘lgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Hindistonda fuqarolarni Ukrainadagi urushga jalb qilishga uringan to‘rt kishi hibsga olindi 08 мая, 22:57 24
  • Isroil havo kuchlari Livanga 30 dan ortiq havo zarbalari berdi 08 мая, 20:58 81
  • Litva Ukrainaga qo‘shin yuborishga tayyorligini ma’lum qildi 08 мая, 20:53 222
  • Zelenskiy G‘arbga murojaat qildi 08 мая, 19:00 508
  • Rogov: Xorijiy yollanma askarlar Ukraina uchun jang qilishdan bosh tortmoqda 08 мая, 18:34 439
  • Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi 08 мая, 17:51 177
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezident Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi organlari bilan qator yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish zarurligini aytdi 09 мая, 00:52 0
  • Shavkat Mirziyoyev Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashi majlisida nutq so‘zladi 09 мая, 00:09 0
  • Elektr energiyasini eng ko‘p sarflaydigan maishiy texnikalar 08 мая, 23:43 1
  • Superligada aprel oyining eng yaxshisi bo‘lishga nomzodlar 08 мая, 23:22 25
  • O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi 08 мая, 23:20 42
  • Superliga. 7-tur o‘yinlarining boshlanish vaqtlari e’lon qilindi 08 мая, 23:07 59
  • Hindistonda fuqarolarni Ukrainadagi urushga jalb qilishga uringan to‘rt kishi hibsga olindi 08 мая, 22:57 24
  • O‘FA rahbariyati Germaniya yoshlar futboli murabbiyi bilan uchrashdi 08 мая, 22:53 21
  • Bogdan Guskov: "Birinchi sparringdayoq Striklendning jigariga zarba berdim" 08 мая, 22:35 51
  • Buxoroda bedarak yo‘qolgan erkak sinfdoshi tomonidan o‘ldirilgani aniqlandi 08 мая, 22:09 99
  • Anchelotti "Bavariya"ga qarshi o‘yin oldidan fikr bildirdi 08 мая, 21:52 45
  • Tuxel "Real"ga qarshi o‘yin haqida: "Hamma narsa bo‘lishi mumkin. Bu "Bavariya" uchun oxirgi imkoniyat" 08 мая, 21:37 58
  • Bo‘limlar