“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 23:25
ЎЗO‘Z

Xalqaro koinot stansiyasidan uch fazogir Yerga qaytdi

22 okt, 14:14 2 129 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Xalqaro koinot stansiyasidan uch fazogir Yerga qaytdi Foto: RIA Novosti
Xalqaro koinot stansiyasidan ajralgan “Soyuz MS-16” kemasi ikki rossiyalik va bir amerikalik fazogir bilan Yerga qaytdi. Kema Qozog‘istonda qo‘ndi.

Kema stansiyadan Toshkent vaqti bilan soat 4.32da ajralgan. Uning bortida rossiyalik Anatoliy Ivanishin va Ivan Vagner hamda amerikalik Kris Kessidi Yerga qaytdi. Fazogirlar XKSda 9 apreldan beri faoliyat olib borayotgandi.

Hozirda stansiyada 64-ekspeditsiya a’zolari - rossiyalik Sergey Rijikov va Sergey Kud-Sverchkov hamda amerikalik Ketlin Rubins qolmoqda. Ular Yerga 2021 yil 9 aprelida qaytadilar.

Kessidi yerga qaytishdan oldin stansiyada sardorlikni Rijikovga topshirgan.

Yerga qaytgan fazogirlarning evakuatsiyasi pandemiya sharoitida qisqartirilgan ssenariy bo‘yicha o‘tkazilgan. Ekipajga virus yuqtirmaslik uchun qo‘nish maydonchasidagi shaxsiy tarkib soni qisqartirilgan.

14 oktabrda “Soyuz MS-17” kemasi XKSga birinchi marta o‘ta qisqa trayektoriya bo‘yicha uchib, unga bor-yo‘g‘i 3 soat 3 daqiqada yetib olgan va rekord o‘rnatgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 0
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 1
  • Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi 06 мая, 21:15 3
  • Belgiya Isroilga nisbatan savdo sanksiyalarini qo‘llash tashabbusini ilgari surdi 06 мая, 20:26 21
  • Rossiya qo‘shinlari Ukraina sharqidagi ikkita aholi punktini to‘liq egalladi 06 мая, 19:37 143
  • Lavrov: “AQSHdagi demokratlar va respublikachilar Rossiyani dushman deb biladi” 06 мая, 19:13 83
  • So'nggi yangiliklar
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 1
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 0
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 0
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 0
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 0
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 0
  • Ozish uchun qancha yugurish kerak? 06 мая, 21:40 0
  • Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi 06 мая, 21:15 3
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 4
  • Belgiya Isroilga nisbatan savdo sanksiyalarini qo‘llash tashabbusini ilgari surdi 06 мая, 20:26 21
  • Kapadze Parij-2024 haqida: «Shomurodovni chaqirishni iloji bo‘lsa, nega bundan foydalanmasligim kerak?» 06 мая, 20:03 91
  • Rossiya qo‘shinlari Ukraina sharqidagi ikkita aholi punktini to‘liq egalladi 06 мая, 19:37 143
  • Bo‘limlar