“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 09:57
ЎЗO‘Z

Armaniston prezidenti Qorabog‘ mustaqilligini qachon tan olishini aytdi

19 okt, 17:00 3 440 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Armaniston prezidenti Qorabog‘ mustaqilligini qachon tan olishini aytdi Foto: «RIA Novosti»
Tan olinmagan respublika atrofidagi mojaroda Turkiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan Ozarbayjon muzokaralar yo‘lidan bormasligi oydinlashsa, Armaniston Tog‘li Qorabog‘ mustaqilligini tan oladi. Bu haqda Armaniston prezidenti Armen Sarkisyan «Kommersant’»ga bergan intervyusida ma’lum qildi.

«Ya’ni Armaniston tomonidan tan olinmasligi faqat Armaniston tomoni masalani tinch muzokaralar yo‘li bilan hal qilmoqchi ekanligiga bog‘liq. Bu shunaqa tunnel», — dedi Sarkisyan.

Armaniston prezidenti so‘zlariga ko‘ra, «agar bu tunnel oxirida yorug‘lik bo‘lsa, ya’ni Tog‘li Qorabog‘ muammosini tinch yo‘l bilan uzil-kesil hal qilishning yorug‘ligi bo‘lsa, unda yana biroz kutish mumkin».

Sarkisyanning ta’kidlashicha, Armaniston Oliy kengashi sobiq ittifoq tarqalishidan sal avvalroq Tog‘li Qorabog‘ni tan olishni yoqlab ovoz bergan. Ammo 1994 yilda, Boku va Yerevan o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib olganidan keyin Armaniston tomoni nizoni tartibga solish bo‘yicha Minsk jarayonini murakkablashtirmaslik va hududning yakuniy maqomi haqida keyinroq kelishib olish uchun, mustaqillikni tan olishni to‘xtatib qo‘ygan.

Yerevan Tog‘li Qorabog‘ mustaqilligini tan olish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani haqida Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan ma’lum qilgan edi. U masala respublika hukumati kun tartibida turganini va mavzu, shu jumladan, xalq tomonidan ham muhokama qilinishi kerakligini aytgandi.

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev esa Boku har qanday vaziyatda ham Tog‘li Qorabog‘ mustaqilligini tan olmasligini ta’kidlagan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u kimdir Tog‘li Qorabog‘ mustaqilligini tan olishga qaror qilishiga ishonmasligini aytgandi. «U holda biz bu mamlakat bilan barcha diplomatik aloqalarni shu zahotiyoq uzamiz», — dedi Aliyev.

Eslatib o‘tamiz, Tog‘li Qorabog‘da keng qamrovli jangovar harakatlar 27 sentabrdan buyon davom etmoqda. Ozarbayjon va Armaniston 10 oktabr kuni soat 12:00 dan boshlab Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risida kelishib olgandi. Ammo shu kuni keyinroq Armaniston va Ozarbayjon Mudofaa vazirliklari bir-birini Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish rejimini buzishda aybladi.

Avvalroq Ozarbayjon Armanistonni yangi sulhni buzishda ayblab, Tog‘li Qorabog‘ janubiga hujum boshlagan edi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi 03 мая, 09:09 1
  • Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi 03 мая, 09:05 0
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 260
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 176
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 289
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 38
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 162
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 169
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 260
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 78
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 107
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 176
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 289
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 167
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 38
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 53
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 143
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 196
  • Bo‘limlar