“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 09:47
ЎЗO‘Z

Erdo‘g‘an Rossiya, AQSH va Fransiya Armanistonga qurol yetkazib berayotganini aytdi

19 okt, 00:20 2 881 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Erdo‘g‘an Rossiya, AQSH va Fransiya Armanistonga qurol yetkazib berayotganini aytdi Foto: Globallookpress
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Rossiya, AQSH va Fransiya Armanistonga qurol yetkazib berayotganini aytdi.
"Armaniston sulhni yana buzdi. YEXHTning Rossiya, AQSH va Fransiyadan iborat Minsk guruhi Armanistonga qurol bilan har tomonlama ko‘mak bermoqda. Ular Armaniston tarafida turibdi", - dedi Erdo‘g‘an.

Erdo‘g‘an avval ham Minsk guruhini e’tiborsizlikda ayblagandi.

"Minsk guruhi hali ham bu jarayonni cho‘zmoqda. Agar masalani hal qilishni istasangiz, yechimni cho‘zish bilan emas, yechimning o‘zi bilan shug‘ullanish kerak. Nahotki bitta muammoni 30 yil yechish mumkin? Minsk guruhi muzokaralarni yakunlab, bosib olingan yerlarni egalariga qaytarishi kerak. Bu o‘n yillarga cho‘ziladigan ish emas. Lekin ular yerlarni berishmadi. Bu nimaga olib keldi? Mana bunday vaziyatga", - degandi Erdo‘g‘an.

10 oktabr kuni Ozarboyjon va Armaniston Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risida kelishib olgani ma’lum qilingandi. Ammo keyinroq ular bir-birini mazkur rejimni buzishda aybladi.

17 oktabr kuni esa Armaniston va Ozarboyjon tashqi ishlar vazirliklari Tog‘li Qorabog‘dagi o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishilgani to‘g‘risida bayonot berdi.

Tog‘li Qorabog‘da qurolli to‘qnashuvlar 27 sentabrda boshlangandi. Armaniston tomoni tan olinmagan Qorabog‘ armiyasi hujumlarga turib berayotganini aytayotgan bo‘lsa, Ozarboyjon o‘z hududi hisoblangan Tog‘li Qorabog‘ uchun jang qilayotganini, mojaroni hal qilishda faqat harbiy yechim ko‘rayotganini, qator hududlar qaytarilganini ma’lum qilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 2
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 53
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 81
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 120
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 148
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 39
  • So'nggi yangiliklar
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 2
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 47
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 30
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 23
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 53
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 41
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi 05 мая, 05:12 25
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 91
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 304
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 81
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 87
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 152
  • Bo‘limlar