“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 11:33
ЎЗO‘Z

Japarov Qirg‘iziston prezidenti vakolatlari o‘ziga o‘tganini ma’lum qildi

15 okt, 20:25 4 203 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Japarov Qirg‘iziston prezidenti vakolatlari o‘ziga o‘tganini ma’lum qildi Qirg‘iziston bosh vaziri Sadir Japarov mamlakat prezidentining barcha majburiyatlari o‘ziga o‘tganini ma’lum qildi.

«Bu haqiqiy g‘alaba. Barcha o‘z joyida. Prezident Sooronbay iste’fo berdi. Spiker Kanat Isayev prezident funksiyalarini bajara olmasligi to‘g‘risida ariza yozdi. Shu tufayli bugundan davlat rahbarining barcha vazifa va majburiyatlari menga o‘tdi», - dedi Japarov hukumat uyida o‘z tarafdorlari qarshisidagi chiqishida.

Kun avvalida mamlakat prezidenti Sooronbay Jeenbekov mamlakatda qon to‘kilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun prezidentlik lavozimini tark etayotganini e’lon qilgandi. Prezidentning iste’fosidan keyin, Konstitutsiyaga ko‘ra, davlat rahbarining barcha majburiyatlari parlament spikeri Kanat Isayevga o‘tishi belgilangandi.

Namoyishlar vaqtida bir necha kun davomida parlament spikeri bo‘lib turgan Miktibek Abdildayev 10 oktabr kuni iste’foga chiqqanini e’lon qilgandi.

Prezident iste’fosi to‘g‘risidagi chaqiriqlar o‘tgan hafta boshidagi mitinglarda yangray boshlagandi, o‘shanda parlament saylovida parlamentdan o‘rin ololmagan muxolifatchi partiyalar norozilik namoyishlarini boshlashgandi.

6 oktabrga o‘tar kechasi namoyishchilar «Mekenchil» («Vatanparvar») partiyasi asoschisi bo‘lgan Sadir Japarovni qamoqdan ozod qilishgandi. U 2013 yilda Qorako‘lda mitinglar uyushtirgani hamda Issiqko‘l gubernatori Emilbek Kaptagayevni garovga olgani uchun 2018 yilda 11,5 yillik qamoq jazosiga hukm qilingandi.

Namoyishlar vaqtida shu yil yozidan buyon hukumatni boshqarib turgan Kubatbek Bo‘ronov iste’fo berdi.

6 oktabr kuni Qirg‘iziston parlamenti deputatlarining bir qismi Sadir Japarov nomzodini mamlakat bosh vaziri lavozimiga tasdiqladi.

Ammo 13 oktabr kuni prezident Sooronbay Jeenbekov parlament qarori yuridik kuchga ega bo‘lishi uchun deputatlarning yetarli soni unga ovoz berishi kerakligini aytib, Japarovni bosh vazir sifatida tan olmadi.

14 oktabr kuni Qirg‘iziston parlamenti Sadir Japarovni yana bir bor bosh vazirlikka tayinladi va bu safar prezident uning nomzodini qabul qildi.

Aynan uning talabi ortidan Sooronbay Jeenbekov 15 oktabr kuni Qirg‘iziston prezidentligidan iste’foga chiqdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 0
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 0
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 0
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 3
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 8
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 68
  • So'nggi yangiliklar
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 0
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 0
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 3
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 21
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 20
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 8
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 68
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 56
  • Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi 02 мая, 08:21 31
  • Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi" 02 мая, 07:05 88
  • Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi 02 мая, 06:34 209
  • Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi 02 мая, 06:00 121
  • Bo‘limlar