“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 21:10
ЎЗO‘Z

Dunyoda koronavirus bilan takroran kasallanganlar orasida ilk o‘lim qayd etildi

13 okt, 13:15 2 838 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Dunyoda koronavirus bilan takroran kasallanganlar orasida ilk o‘lim qayd etildi Foto: Peter Dejong / AP
Niderlandiyada koronavirusga takroran chalinish holatidan keyin dunyodagi ilk o‘lim qayd etildi. Gap 89 yoshli ayol haqida bormoqda.
BNO News axborot agentligining xabar berishicha, saratondan aziyat chekkan ayol iyulda shifoxonaga yetkazilgan va unda koronavirus aniqlangan. 5 kundan keyin keksa ayol shifoxonadan sog‘ayib chiqqan.

Biroq ayol 2 oydan keyin yuqori tana harorati va yo‘tal bilan yana shifoxonaga tushib qolgan. Ayolning bu safar koronavirusga topshirgan testi ham musbat chiqqan. Davolanishning 8-kuni ayolning ahvoli og‘irlashgan, ikki haftadan keyin esa u vafot etgan.

Olimlar ayolning koronavirusga topshirgan ikkala testi natijalarini taqqoslab, ular davomida aniqlangan viruslarning genetik tarkibi bir-biridan farqlanishini aniqlashgan. Bu esa ayolning takroran kasallanganini anglatadi.

BNO News ma’lumotlariga ko‘ra, ayni vaqtda dunyoda koronavirusga qayta chalinish bo‘yicha 23 ta holat qayd etilgan. Bunday ilk holat 24 avgustda Hongkongda aniqlangan. Ayni vaqtda qayta kasallangan bemorlardan 20 nafari sog‘ayib ketgan, yana 2 kishi davolanishni davom ettirmoqda.

Oxirgi oy davomida Niderlandiyada yangi kasallanish holatlari tobora ko‘payib bormoqda. 12 oktabrda koronavirus 6854 kishida aniqlangan va bir kun avvalgi kasallanganlardan deyarli 500 nafar ko‘p bo‘lgan. Vaziyat mamlakat rahbariyatida jiddiy xavotir uyg‘otgan. Bir hafta avval mamlakatda bir qator cheklovlar kiritilgan, 13 oktabrdan ular yanada qat’iylashtirilishi kutilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi 27 apr, 20:50 0
  • Qozog‘iston “Tolibon” uchun raqamli boshqaruvni yo‘lga qo‘yish va afg‘on maktablarini internetga ulashga tayyor 27 apr, 20:00 1
  • Sankt-Peterburgda 24 yoshli o‘zbekistonlik yigit o‘g‘irlab ketildi 27 apr, 18:37 97
  • AQSH razvedka idoralari Rossiya rahbariyatini Navalniyning o‘limiga aloqador deb hisoblamaydi 27 apr, 16:21 72
  • Sankt-Peterburgda ayollarni yong‘indan qutqargan qahramon o‘zbek kim edi? 27 apr, 14:14 220
  • AQSHda benzin va propan olib ketayotgan poyezd relsdan chiqib, yonib ketdi 27 apr, 11:21 78
  • So'nggi yangiliklar
  • Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi 27 apr, 20:50 0
  • 17 yoshli hindistonlik Dommaraju jahon shaxmat toji uchun kurashadi 27 apr, 20:29 0
  • Qozog‘iston “Tolibon” uchun raqamli boshqaruvni yo‘lga qo‘yish va afg‘on maktablarini internetga ulashga tayyor 27 apr, 20:00 1
  • Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda” 27 apr, 19:36 10
  • Sankt-Peterburgda 24 yoshli o‘zbekistonlik yigit o‘g‘irlab ketildi 27 apr, 18:37 97
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 57
  • Jasurbek Jaloliddinov: "Bugun maydonda qo‘rqqan jamoa yutqazdi" 27 apr, 17:52 101
  • Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi: " Bu bizga yaxshi tajriba bo‘ldi va uning samarasini Jahon chempionatida ko‘rsatamiz" 27 apr, 17:30 55
  • Xose Venansio Lopes: "Ushbu Osiyo kubogidan mamnunman" 27 apr, 17:22 43
  • Saudiya Arabistoni U-23 bosh murabbiyi: "Shogirdimning chetlatilishiga O‘zbekiston terma jamoasining taktikasi sabab bo‘ldi" 27 apr, 17:19 137
  • Vohid Shamsai: "O‘zbekiston Osiyoda bizga eng yaqin va eng qiyin raqiblardan biri ekanligini amalda ko‘rsatdi" 27 apr, 17:11 70
  • Yevroittifoq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 6 million yevro ajratdi 27 apr, 16:27 22
  • Bo‘limlar