“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 14:30
ЎЗO‘Z

60dan ortiq mamlakat rahbarlari "tabiatga va’da" berishdi

29 sen, 17:47 2 397 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
60dan ortiq mamlakat rahbarlari "tabiatga va’da" berishdi Dunyoning 60dan ortiq mamlakati va hukumati rahbarlari Nyu-Yorkda "Tabiatga va’da" deb nomlangan bayonotni imzolashdi. Ushbu hujjat bioxilma-xillikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha choralarni amalga oshirishni ko‘zda tutadi.

"Ushbu va’dani bajarish bilan biz sayyorani inqirozdan olib chiqishda so‘zdan amaliy ishga o‘tish majburiyatini va birgalikdagi mas’uliyatni zimmamizga olamiz", - deyiladi bayonotda.

Hujjatda jumladan, brakonerlikka chek qo‘yish va 2050 yilga kelib dunyo okeaniga plastik chiqindilar tushishiga barham berish kabi maqsadlar ko‘zda tutilgan.

"Bioxilma-xillik bizning sug‘urtamiz hisoblanadi, u bizga toza havo va suv, ovqat, biomateriallar va kiyim beradi. U ish o‘rinlari yaratishga ko‘maklashadi va yashashimizni ta’minlaydi", - dedi Gremaniya atrof-muhitni himoya qilish va yadroviy xavfsizlik vaziri Svenya Shulse.

Jahon yovvoyi tabiat jamg‘armasining (WWF) hisobotiga ko‘ra, o‘tgan 50 yil ichida hayvonot olamining uchdan ikki qismi vakili insoniyat tomonidan yo‘q qilingan. Hisobotda aytilishicha, 1970 yildan buyon umurtqalilar soni 68 foizga kamaygan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 5
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 15
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 47
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 239
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 101
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 165
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 5
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 15
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 11
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 19
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 54
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 42
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 61
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 47
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 239
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 101
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 21
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 165
  • Bo‘limlar