“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 20:50
ЎЗO‘Z

Ozarboyjon va Armaniston o‘rtasida jangovar to‘qnashuvlar boshlandi

27 sen, 17:00 3 405 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ozarboyjon va Armaniston o‘rtasida jangovar to‘qnashuvlar boshlandi Foto: Ozarboyjon mudofaa vazirligi
27 sentabrda Ozarboyjon va Armaniston o‘rtasida jangovar harakatlar boshlanib ketdi. Ikki tomon bunda bir-birini ayblamoqda.
Ozarboyjon mudofaa vazirligi Armaniston qurolli kuchlari “frontning butun chizig‘i bo‘ylab” Ozarboyjon armiyasi pozitsiyalarini o‘qqa tutganini, tinch aholi orasida yo‘qotishlar va yaralanganlar borligini ma’lum qildi. Bu orada Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanning ta’kidlashicha, hujumni Ozarboyjon harbiylari boshlagan.

Armaniston mudofaa vazirligi matbuot kotibi Shushan Stepanyanning ta’kidlashicha, jangovar harakatlar davomida Ozarboyjonning ikkita vertolyoti va uchta droni urib tushirilgan. Uning aytishicha, Ozarboyjon armiyasi Arsax (Tog‘li Qorabog‘ning armanchada atalishi) tomon raketa zarbalarini bergan.

Dushman Arsax tomon raketa-aviatsiya zarbasini berdi. Buning uchun barcha javobgarlik Ozarboyjon harbiy-siyosiy rahbariyati zimmasidadir. Armaniston dushmanning ikkita vertolyoti va uchta dronini urib tushirdi. Janglar davom etmoqda”, deb yozgan Stepanyan Facebook’da. Keyinroq Ozarboyjon faqatgina bitta vertolyoti urib tushirilganini, ekipaj a’zolari tirikligini tasdiqlagan.

Armaniston bosh vazirining ma’lum qilishicha, “dushman” Tog‘li Qorabog‘ga hujum qilgan, armiya muvaffaqiyatli qarshilik ko‘rsatmoqda.

Tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasi prezidenti matbuot kotibi Vagram Pogosyan ham Stepanakert Ozarboyjon tomonidan o‘qqa tutilganini ma’lum qilgan.”Bugun ertalab dushman tutashuv chizig‘i bo‘ylab faol hujumga o‘tdi. Tinch aholi punktlari, jumladan poytaxt Stepanakert ham o‘qqa tutilmoqda. Biz aholini berkinishga chaqiramiz”, deb aytilgan Pogosyan xabarida.

O‘z navbatida Ozarboyjon mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, Armaniston qurolli kuchlari frontning butun chizig‘i bo‘ylab Ozarboyjon armiyasi pozitsiyalari hamda chegaraoldi aholi punktlarini yirik kalibrli qurol, minomyot va artilleriya qurilmalaridan o‘qqa tutgan. Tinch aholi orasida halok bo‘lganlar va yaralanganlar bor.

Ozarboyjon mudofaa vazirligida ma’lum qilinishicha, qo‘shinlar “dushmanning ig‘vogar harakatlariga chek qo‘yish va tinch aholi xavfsizligini ta’minlash uchun” javob choralari ko‘rmoqda. Jumladan, Armaniston havo hujumiga qarshi mudofaa qo‘shinlarining 12 ta zenit-raketa majmuasini yo‘q qilishga muvaffaq bo‘lingan.

"Armiya butun front bo‘ylab qarshi hujum operatsiyasini boshlashga qaror qildi. Shaxsiy tarkib va tank bo‘linmalari raketa-artilleriya qo‘shinlari, front aviatsiyasi va dronlar ko‘magida dushman mudofaasining old chizig‘ida va ichkarisida Armaniston qurolli kuchlarining katta miqdordagi tirik kuchi, harbiy ob’ektlari va jangovar texnikasini aniqlab, ularni yo‘q qilmoqda”, deb ma’lum qilingan Ozarboyjon mudofaa vazirligida.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Putin beshinchi muddatga Rossiya prezidenti lavozimiga kirishdi 07 мая, 17:41 57
  • Zelenskiy va Budanovni yo‘q qilmoqchi bo‘lgan agentlar fosh etildi 07 мая, 17:34 179
  • Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi 07 мая, 15:00 243
  • Isroil armiyasi Rafahga aviazarbalar berdi 07 мая, 14:32 164
  • Putin hukumatga minnatdorlik bildirdi 07 мая, 12:39 274
  • Bugun Rossiya hukumati iste’foga chiqadi 07 мая, 12:16 416
  • So'nggi yangiliklar
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 5
  • AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi 07 мая, 19:08 13
  • Ovqat yegingiz kelmasligi salomatlikdagi jiddiy o‘zgarishlar alomati bo‘lishi mumkin 07 мая, 18:41 12
  • Fayzullayev Olimpiadada ishtirok etishi borasidagi savolga nima deb javob berdi? 07 мая, 18:18 58
  • Dollar kursi yana «sakradi» 07 мая, 18:02 55
  • Fayzullayevga tanqid qanday ta’sir qildi? 07 мая, 18:00 94
  • Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi 07 мая, 17:45 79
  • Putin beshinchi muddatga Rossiya prezidenti lavozimiga kirishdi 07 мая, 17:41 57
  • Zelenskiy va Budanovni yo‘q qilmoqchi bo‘lgan agentlar fosh etildi 07 мая, 17:34 178
  • Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi 07 мая, 15:00 243
  • Isroil armiyasi Rafahga aviazarbalar berdi 07 мая, 14:32 164
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 79
  • Bo‘limlar