“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 22:33
ЎЗO‘Z

Qozog‘istonlik deputatlar mamlakat ichki bozorini O‘zbekistondan himoya qilishga chaqirdi

25 sen, 11:15 5 731 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qozog‘istonlik deputatlar mamlakat ichki bozorini O‘zbekistondan himoya qilishga chaqirdi Azat Peruashev
Foto: SNG Today

Qozog‘istonning «Oq yo‘l» demokratik partiyasi deputatlari fraksiyasi O‘zbekistondan Qozog‘istonga import qilinadigan mahsulotlarga cheklov o‘rnatishni taklif qildi. Bu haqdagi deputatlik so‘rovini partiya raisi Azat Peruashev parlament yig‘ilishida ma’lum qildi, deb yozmoqda Spot.

Partiya raisining ta’kidlashicha, potensial eksportchi mamlakatlarning (bu holatda O‘zbekiston) Qozog‘iston mahsulotlariga nisbatan cheklov choralari Qozog‘iston eksportining o‘sishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston bilan mahsulot ayirboshlash hajmi 2019 yil yakunlariga ko‘ra 2,7 milliard dollarni tashkil qilgan, biroq bu ko‘rsatkich bundan ham yuqori bo‘lishi mumkin edi, eksport hajmi esa nisbatan murakkab va daromadli. Biroq ma’lum sharoitlar asosida.

Deputatning qayd etishicha, 1997 yilda mamlakatlar o‘rtasida Erkin savdo to‘g‘risida kelishuv imzolangan bo‘lsa ham, O‘zbekiston 96 turdagi tovarga nisbatan 5 foizdan 50 foizgacha bo‘lgan aksiz solig‘i joriy qilgan. Imzolangan kelishuvga ko‘ra, tomonlar bir-biriga bojxona bojlari, soliqlar va yig‘imlar, shuningdek, tomonlardan birining bojxona hududidan kelib chiqadigan mahsulotlar eksporti va/yoki importiga nisbatan miqdoriy cheklovlar qo‘llamagan holda erkin savdo rejimini taqdim etadi.

Deputatning fikricha, bu O‘zbekiston 2011 yilning 18 oktabrida qo‘shilgan Erkin savdo zonasi haqidagi shartnomaga mos kelmaydi. Shartnomaga ko‘ra, ishtirokchi mamlakatlar tomonlarning bojxona hududidan kelib chiqadigan mahsulotlar importiga nisbatan bojxona bojlari qo‘llamaslik majburiyatini qabul qiladi.

«O‘zbekiston tomoni Qozog‘istondan qayta ishlangan mahsulotlar importini ataylab cheklab qo‘ymoqda, bu esa xom ashyo (birinchi navbatda qishloq xo‘jaligi: bug‘doy, moyli urug‘lar, go‘sht va hayvon terilari va boshqalarni) eksport qilishni rag‘batlantiradi», — dedi u.

Partiya vakilining aytishicha, kelgusida ushbu xom ashyo qayta ishlanib, O‘zbekistonda qo‘shimcha qiymat, ish joylari va yuqori daromadlarni qoldiradi va Qozog‘iston xom ashyosidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarning bir qismi yana eksport qilinadi, shu jumladan, Qozog‘iston bozoriga.

Qayd etilishicha, Qozog‘istonda O‘zbekistondan import qilinadigan tovarlarga solinadigan aksiz solig‘i yoki boshqa soliqlar mavjud emas.
Deputatning ta’kidlashicha, bunday sharoitda qozog‘istonlik ishlab chiqaruvchilar uchun nafaqat o‘zbek bozorida, balki Qozog‘istonning o‘zida ham o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar bilan raqobatlashish juda qiyin.

«O‘zbekistonning faol va iqtisodiy jihatdan tushunarli bo‘lgan soliq-budjet siyosati mamlakatimizning milliy iqtisodiy manfaatlariga zarar yetkazadi», — deya xulosa qiladi qozog‘istonlik deputat.

Siyosatchining bildirishicha, yuridik jihatdan Qozog‘iston va O‘zbekiston bir-biriga «erkin savdo» rejimini, ya’ni tovarlarni eksport qilish va import qilish uchun teng sharoitlarni ta’minlashi kerak. Amalda esa qozog‘istonlik tadbirkorlar potensial daromadlarining sezilarli qismini yo‘qotib, tayyor mahsulotlarni emas, balki qayta ishlanmagan xom ashyoni sotishga majbur bo‘lmoqda.

«Oq yo‘l» partiyasi fraksiyasining deputati Qozog‘iston davlat organlarini tanqid qildi. Uning fikricha, davlat organlari passiv pozitsiyani egallaydi va sheriklar bilan tenglik asosidagi munosabatlarni o‘rnatishga yoki hech bo‘lmaganda erishilgan kelishuvlarning bajarilishini talab etishga harakat qilmaydi.

«Bu holat budjet yo‘qotishlariga (xom ashyo sotish rentabelligining pastligi sababli) va Qozog‘iston iqtisodiyotining xom ashyo yo‘nalishini va past texnologik murakkabligini saqlashga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda», — deydi Azat Peruashev.

Shu munosabat bilan deputat ushbu masala hukumatlararo darajada hal bo‘lguncha, xom ashyo eksportini cheklash va qayta ishlangan mahsulotlarni O‘zbekistonga yetkazib berishni rag‘batlantirish hamda ushbu respublikadan keladigan tovarlarga qo‘shimcha soliq solishni ko‘zda tutuvchi bojxona siyosatini joriy etishni taklif qildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 1
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 8
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 110
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 237
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 145
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 61
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 25
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 8
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 12
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 45
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 74
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 39
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 21
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 169
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 139
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 253
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 203
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 77
  • Bo‘limlar