“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 06:34
ЎЗO‘Z

Tramp BMTni koronavirus uchun Xitoyni javobgarlikka tortishga chaqirdi

23 sen, 08:36 2 250 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tramp BMTni koronavirus uchun Xitoyni javobgarlikka tortishga chaqirdi Foto: Reuters
AQSH prezidenti Donald Tramp BMT Bosh assambleyasidagi nutqida navbatdagi marta Xitoyni koronavirus pandemiyasi uchun javobgarlikka tortishga chaqirdi.

Tramp Pekinni virus tarqalishining erta bosqichlarida Xitoydan amalga oshiriluvchi xalqaro aviareyslarni taqiqlamaganlikda va shu tariqa virusni butun dunyoga tarqatishda ayblagan. Bundan tashqari, AQSH prezidenti Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini ham tanqid qilgan.

Bu o‘latni butun dunyoga chiqargan davlat – Xitoyni javobgarlikka tortishimiz kerak! Xitoy hukumati va Xitoy “bo‘ysinuvida” bo‘lgan JSST virusning odamdan odamga yuqishining isbotlari yo‘qligi haqida yolg‘on gapirgan. Xitoy virus tarqalishining ilk kunlarida ichki reyslarni taqiqlab, shu bilan birga samolyotlarga Xitoyni tark etishga va butun dunyoni zararlashga ijozat bergan. BMT Xitoyni ushbu xatti-harakatlari tufayli javobgarlikka tortishi lozim”, deb aytgan Tramp.

AQSH prezidentining ta’kidlashicha, AQSH vaksinani butun dunyoga taqsimlaydi.
Biz vaksinani taqsimlab, virusni mag‘lub etamiz, pandemiyaga chek qo‘yib, misli ko‘rilmagan farovonlik, hamkorlik va tinchlik davriga qadam bosamiz”, deb ta’kidlab o‘tgan Tramp.

Xitoy AQSH prezidentining bu ayblovlariga munosabat bildirib, ularni hech qanday asosga ega emas, deb atagan.
Avvalroq BMT Bosh assambleyasida BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish so‘z olib, AQSH va Xitoy o‘rtasidagi ixtilof sababli dunyoning parchalanishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirgan. Uning fikricha, texnologik va iqtisodiy bo‘laklanish geostrategik va harbiy bo‘laklanishga olib keladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 77
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 86
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 91
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 76
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 107
  • Ukrainada urushning 801-kuni: Odessadagi yong‘inlar va Chasiv Yar atrofida jang qilayotgan «Vampir» 05 мая, 19:13 268
  • So'nggi yangiliklar
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 0
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 76
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 20
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 86
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 34
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 31
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 98
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 91
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 33
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 76
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 54
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 53
  • Bo‘limlar