“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 12:13
ЎЗO‘Z

Trampga zaharli modda jo‘natishda gumon qilingan shaxs qo‘lga olindi

21 sen, 12:38 2 455 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Trampga zaharli modda jo‘natishda gumon qilingan shaxs qo‘lga olindi Kanada va AQSH chegarasida AQSH prezidenti Donald Trampga ritsin zaharli moddasi solingan maktub jo‘natishda gumon qilingan shaxs ushlandi. Avvalroq maktub Kanadadan jo‘natilgani va bunda bir ayol gumon qilinayotgani ma’lum qilingandi.

Ayol Kanadadan AQSHga kirish vaqtida qo‘lga olingan. Ta’kidlanishicha, u qurollangan bo‘lgan. Boshqa tafsilotlar keltirilmagan.

19 sentabrda CNN telekanali ikkita manbaga tayanib Trampga zaharli modda solingan maktub jo‘natilgani haqida ma’lum qilgandi. Maktub ichida o‘ta xavfli ritsin moddasi bo‘lgan. Keyinroq FQB zaharli jo‘natma ushlab qolinganini tasdiqlagan.

Bu AQSH siyosatchilariga ritsin moddasi solingan jo‘natmaning birinchi marta yuborilishi emas. 2013 yilda Bostondagi teraktdan keyin AQSHning o‘shandagi prezidenti Barak Obamaga, respublikachi senator Rojer Uiker va Missisipi shtati sudyasi Seydi Xollandga ritsin solingan maktublar jo‘natilgan.

Ritsin o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan o‘ta xavfli zaharli modda hisoblanib, u kanakunjut mevalaridan olinadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi 05 мая, 11:48 18
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 139
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 121
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 132
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 159
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 175
  • So'nggi yangiliklar
  • Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi 05 мая, 11:48 17
  • Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda! 05 мая, 11:23 9
  • Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari... 05 мая, 11:05 46
  • 118:9: “Barselona” futbol o‘ynashni qizlardan o‘rgansin! 05 мая, 11:00 28
  • Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin... 05 мая, 10:13 30
  • Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi 05 мая, 09:59 26
  • Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda 05 мая, 09:53 49
  • Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video) 05 мая, 09:51 60
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 139
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 192
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 88
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 48
  • Bo‘limlar