“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 07:30
ЎЗO‘Z

Hindiston bosh vaziri tavallud kuni nishonlanishi vaqtida pufaklar tutami portlab ketdi (video)

20 sen, 22:05 2 812 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Hindiston bosh vaziri tavallud kuni nishonlanishi vaqtida pufaklar tutami portlab ketdi (video) Foto: Videodan kadr
Hindistonning Chennay shahrida mamlakat bosh vaziri Narendra Modining 70 yillik tavallud ayomi munosabati bilan o‘tkazilgan bayramda 30 kishi jarohat oldi. Bunga vodorod bilan to‘ldirilgan bir tutam pufaklarning portlashi sabab bo‘lgan.

Modi yubileyi 17 sentabrda nishonlangan bo‘lsa-da, voqea 18 sentabrda yuz bergan. Modining Hindiston xalq partiyasidan tarafdorlari o‘z yetakchilarining tug‘ilgan kunini nishonlash uchun yig‘ilishgan. Shunda baxtsiz voqea yuz bergan: pufaklar oldida kimdir yondirgichni yoqqan va buning natijasida vodorod gazi bilan to‘ldirilgan pufaklar portlab ketgan.

Ushbu hodisa aks etgan videoda olovli to‘lqin bir zumda hammayoqni qoplab olgani va tadbirga yig‘ilgan 100ga yaqin kishining kiyimi va sochlariga o‘t ketganini ko‘rish mumkin. Yonayotgan pufak bo‘laklari bir necha metr atrofga otilib ketgan va yong‘in keltirib chiqarishiga bir bahya qolgan. Voqea oqibatida 30 kishi jarohat olgan, ulardan 3 nafari shifoxonaga tushgan.
[media=https://youtu.be/M6UuUEYEVk0]
Keyinroq aniqlanishicha, ushbu tadbirni o‘tkazishga ruxsat olinmagan bo‘lgan, u haqida na politsiya va na mahalliy ma’muriyat xabardor qilingan. Tadbir tashkilotchilari bu holat yuzasidan tergovchilarga tushuntirish berishlariga to‘g‘ri kelgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 0
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 1
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 13
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 38
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 66
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 205
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 0
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 1
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 1
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 17
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 13
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 130
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 66
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 18
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 38
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 176
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 86
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 66
  • Bo‘limlar