“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 01:51
ЎЗO‘Z

Turkiyada qadimgi malikaning qabri topildi (foto)

11 sen, 23:53 3 767 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Turkiyada qadimgi malikaning qabri topildi (foto) Foto: «Daily Sabah»
Turkiyaning Van viloyatida arxeologlar qazuv ishlari paytida aslzodalarga mansub ayolning qabrini topishdi. U podsho oilasiga mansub bo‘lishi mumkin. Olimlarning bunday xulosaga kelishiga murdaning yonidan topilgan ko‘plab qimmatbaho taqinchoqlar sabab bo‘lgan, deb yozadi «Daily Sabah».

Mutaxassislar qazilmalarni g‘oyib bo‘lgan Urartu davlati bilan bog‘lashmoqda. Qadimgi saltanat Osiyoning janubi-g‘arbiy yerlarida joylashgan bo‘lib, miloddan avvalgi II ming yillikdan milodiy 590 yilgacha mavjud bo‘lgan. O‘zining gullab-yashnagan davrida Urartu ulkan hududni nazorat qilgan. Faqat VII asrda qudratli g‘animlar (ular orasida skiflar va kimmeriylar ham bo‘lgan) hujumiga dosh berolmagan.

Ayol 20-25 yoshlarida hayotdan ko‘z yumgan. Ikkala bilagiga ham bilaguzuk, quloqlariga sirg‘a taqilgan. Chap qo‘lining barmog‘ida esa bronzadan yasalgan kattakon uzuk saqlanib qolgan. Bundan tashqari, mutaxassislar qimmatbaho toshlar qadalgan marjon va to‘g‘nog‘ichni topishgan.

Olimlarni, ayniqsa, uzuk qiziqtirib qo‘ydi. Ehtimol, u marhumaning turmushga chiqqanligini anglatar. Agar faraz o‘z tasdig‘ini topsa, bu nikohning eng qadimgi arxeologik dalillaridan biriga aylanadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 0
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 0
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 41
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 41
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 71
  • Ukrainada urushning 801-kuni: Odessadagi yong‘inlar va Chasiv Yar atrofida jang qilayotgan «Vampir» 05 мая, 19:13 202
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 0
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 0
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 0
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 4
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 12
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 44
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 41
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 9
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 41
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 32
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 32
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 71
  • Bo‘limlar