“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 12:05
ЎЗO‘Z

Turkiyada qimmatbaho mashinadan tarvuz sotgan erkak jarimaga tortildi

06 sen, 14:00 3 098 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Turkiyada qimmatbaho mashinadan tarvuz sotgan erkak jarimaga tortildi Foto: hurriyetdailynews.com
Turk politsiyachilari Istanbulda dunyodagi eng qimmatbaho mashinalardan biri hisoblangan Lamborghini mashinasidan tarvuz sotgan erkakni 165 dollar jarimaga tortishdi. Bu haqda Hürriyet Daily News nashri xabar berdi.

Voqea 2 sentabrda yuz bergan. Qimmatbaho sportkardan tarvuzlar sotilishi videosi internetda ommalashib ketgach, huquq-tartibot idoralari mashina egasini avtomobil raqami bo‘yicha izlashga tushib ketgan.

Ta’kidlanishicha, ushbu antiqa holat o‘tkinchi odamlar e’tiborini tortgan va tez orada tarvuz olish uchun turnaqator navbat yuzaga kelgan.
Aniqlanishicha, qidirilgan erkak eronlik bloger bo‘lib chiqqan. U tarvuz bilan savdo qilishini ijtimoiy tarmoqlar orqali efirga uzatgan. U tarvuzlarni kilosi uchun 5 turk lirasidan (67 sent) sotgan.

Bloger 3 sentabrda ushlangan. Unga “transport vositasidan haydovchilik guvohnomasida ko‘rsatilmagan maqsadda foydalanish” ayblovi qo‘yilgan. Bloger jarimani to‘lab bergach qo‘yib yuborilgan, ammo 15 kunga guvohnomasidan mahrum etilgan.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Turkiyada minilgan Lamborghini Aventador mashinasi 5 mln turk lirasi (672 ming dollar) atrofida turadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi 05 мая, 11:48 18
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 139
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 121
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 132
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 159
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 175
  • So'nggi yangiliklar
  • Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi 05 мая, 11:48 17
  • Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda! 05 мая, 11:23 9
  • Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari... 05 мая, 11:05 46
  • 118:9: “Barselona” futbol o‘ynashni qizlardan o‘rgansin! 05 мая, 11:00 28
  • Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin... 05 мая, 10:13 30
  • Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi 05 мая, 09:59 26
  • Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda 05 мая, 09:53 49
  • Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video) 05 мая, 09:51 60
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 139
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 192
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 88
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 48
  • Bo‘limlar