Foto: «Korrespondent.net» 2020 yil 30 avgust kuni Belarusning Minsk shahrida bo‘lib o‘tayotgan norozilik aksiyasi paytida yigit qizga turmush qurish taklifini bildirdi. Bu haqda «Korrespondent.net» xabar berdi.
«Belaruslik yigit norozilik namoyishi paytida qizga turmushga chiqish taklifini bildirdi. Qarang, naqadar ta’sirli holat», — deya izoh yozilgan videoga.
Videolavhada yigitning taklifidan so‘ng namoyishchilar ularni olqishlayotgani va tabriklayotgani aks etgan.