“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 09:18
ЎЗO‘Z

Rossiya vaksinasi uchun 20 ta davlatdan 1 milliard doza buyurtma olingan

16 avg, 10:20 2 974 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Rossiya vaksinasi uchun 20 ta davlatdan 1 milliard doza buyurtma olingan Foto: RDIF / HANDOUT
Rossiya «dunyodagi ilk vaksina» sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan koronavirus vaksinasini ishlab chiqarishni boshladi. N.Gamaleya nomidagi epidemiologiya va mikrobiologiya markazi vaksinaning birinchi partiyasini ishlab chiqarib bo‘ldi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Ishchi nomi «Gam-KOVID-Vak», bozor nomi esa «Sputnik-V» bo‘lgan vaksina mushaklar orqali yuborishga mo‘ljallangan. U ikkita 0,5 ml hajmli ampuladan iborat bo‘ladi. Bu haqda RBK yozgan.

11 avgust kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat dunyoda birinchi bo‘lib koronavirus vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazgani va uning qizlaridan biri ham sinov emlashida qatnashganini ma’lum qilgandi. Putin qizi ikkita emlashdan keyin isitmasi 37 va 38 darajaga ko‘tarilgani, keyin u o‘zini yaxshi his qilganini aytgandi.

Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko vaksinani ishlab chiqarish bilan Gamaleya nomidagi markaz shug‘ullanishini aytgandi. Shuningdek, «Binnofarm» kompaniyasi ham vaksina ishlab chiqarishda qatnashadi. Keyinchalik mamlakatdagi boshqa farmatsevtika kompaniyalari ham vaksina ishlab chiqarishga jalb qilinadi.

Ma’lumot uchun, Rossiya 20 ta mamlakatdan 1 milliard doza buyurtma olgan. Rossiyada emlash birinchi bo‘lib tibbiyot xodimlari va o‘qituvchilarda amalga oshiriladi. Vladimir Putin vaksina yetarlicha sinovlardan o‘tgani va u ishonchli ekanini aytgandi.

AQSH bosh infeksionisti Entoni Fauchi Rossiya ishlab chiqargan vaksinaga ishonchsizlik bildirib, vaksina ishlab chiqarish va uning xavfsizligini isbotlash boshqa-boshqa narsa ekanini aytgandi.

Rossiyadagi «Spravochnik vracha» xizmati Rossiyadagi shifokorlar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazgan. Unda qatnashgan 3 ming atrofidagi shifokordan 52 foizi vaksinani qabul qilishni xohlamasligini ma’lum qilgan. 24,5 foiz shifokorlar esa rozi bo‘lishgan. Qarshi bo‘lganlarning 66 foizi rad javobi berganining sababi sifatida vaksina xavfsiz ekanini isbotlovchi faktlar yetarli emasligini keltirgan. 48 foiz rad javobi berganlar esa vaksina juda tez ishlab chiqarilganiga shubha bildirgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 140
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 127
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 124
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 95
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 122
  • Ukrainada urushning 801-kuni: Odessadagi yong‘inlar va Chasiv Yar atrofida jang qilayotgan «Vampir» 05 мая, 19:13 301
  • So'nggi yangiliklar
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 0
  • Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi 06 мая, 08:21 0
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 36
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 140
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 25
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 127
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 47
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 39
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 130
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 124
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 43
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 95
  • Bo‘limlar