“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 12:02
ЎЗO‘Z

Minsk Moskvaga qo‘lga olingan 32 nafar rossiyalikni topshirdi

15 avg, 14:10 2 421 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Minsk Moskvaga qo‘lga olingan 32 nafar rossiyalikni topshirdi Foto: Yuriy Martyanov / Kommersant’[sup][/sup]
Avvalroq Belarusda qo‘lga olingan 32 nafar rossiyalik hozirda Rossiyada bo‘lib, ular Rossiyaga huquqiy yordam haqidagi Minsk konvensiyasi doirasida topshirilgan. Bu haqda Rossiya bosh prokuraturasi ma’lum qildi. Qo‘lga olingan yana bir rossiyalik Belarusda qolgan, chunki u Belarus fuqaroligiga ham ega.

Ushbu shaxslarning topshirilishi davlatlarimiz prokuratura organlarining yaqin hamkorligida xalqaro huquq hamda Rossiya va Belarus milliy qonunchiligiga muvofiq holda amalga oshirilgan. Rossiyaning mutasaddi idoralari bu fuqarolar atrofida yuzaga kelgan vaziyatni o‘rganmoqda[i][/i]”, deyilgan xabarda.

Rossiyaning 33 fuqarosi Belarusda 29 iyulda ushlangan. Belarus Davlat xavfsizlik qo‘mitasida ular “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi jangchilari ekani va mamlakatga ommaviy tartibsizliklar tashkillashtirish uchun kelgani ta’kidlangan. Moskva versiyasiga ko‘ra, ular xususiy qo‘riqlash kompaniyasi xodimlari bo‘lib, Minsk orqali boshqa mamlakatga uchib ketmoqchi bo‘lganlar. Ushbu fuqarolarga nisbatan ommaviy tartibsizliklarga tayyorgarlik ko‘rish moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Rossiyaliklarning Moskvaga topshirilishiga rasmiy Kiyev izoh bergan. Avvalroq Ukraina Belarusdan ulardan 28 nafarining topshirilishini talab qilgan. Kiyev versiyasiga ko‘ra, topshirilishi so‘ralgan kishilar Donbassdagi qurolli mojarolarda ishtirok etgan. “Agar ushbu shaxslar Rossiyaga jo‘nagan bo‘lsa, unda bu borada muloqot qilish uchun sabab o‘z-o‘zidan yo‘qoladi”, deb aytgan Ukraina tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Yevgeniy Yenin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Hindiston aeroportida ikki nafar o‘zbekistonlik 5 kilo oltin bilan ushlandi 08 мая, 12:00 0
  • BMT Isroilni xalqaro huquqning barcha normalarini buzganlikda aybladi 08 мая, 11:35 4
  • Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi 08 мая, 11:16 58
  • Putin Rossiyada tug‘ilishni ko‘paytirishga buyruq berdi 08 мая, 10:16 79
  • Rossiyalik xaker uchun 10 million dollar va’da qilindi 08 мая, 09:53 106
  • Qirg‘iziston-Tojikiston davlat chegarasida otishma sodir bo‘ldi 08 мая, 09:27 112
  • So'nggi yangiliklar
  • Hindiston aeroportida ikki nafar o‘zbekistonlik 5 kilo oltin bilan ushlandi 08 мая, 12:00 0
  • BMT Isroilni xalqaro huquqning barcha normalarini buzganlikda aybladi 08 мая, 11:35 4
  • Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi 08 мая, 11:16 58
  • Luis Enrike PSJning ECHLdan chiqib ketishiga munosabat bildirdi 08 мая, 10:58 39
  • Onkolog tatuirovka ishqibozlarini jiddiy ogohlantirdi 08 мая, 10:35 19
  • Putin Rossiyada tug‘ilishni ko‘paytirishga buyruq berdi 08 мая, 10:16 79
  • Rossiyalik xaker uchun 10 million dollar va’da qilindi 08 мая, 09:53 106
  • “Chelsi”ning eng yomon o‘yinchilari nomi aytildi 08 мая, 09:30 52
  • Qirg‘iziston-Tojikiston davlat chegarasida otishma sodir bo‘ldi 08 мая, 09:27 112
  • O‘zbekistonda Vengriya va Yevropa kompaniyalari uchun maxsus iqtisodiy zona ishga tushiriladi 08 мая, 08:57 24
  • TikTok AQSH hukumatini sudga berdi 08 мая, 08:55 35
  • Isroil Rafahdagi operatsiyani HAMAS mag‘lubiyatga uchramaguncha davom ettirmoqchi 08 мая, 08:52 36
  • Bo‘limlar