“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 01:40
ЎЗO‘Z

Niqobsiz va jarimalarsiz karantin. Koreya bu bilan nimaga erishdi?

12 avg, 08:30 2 956 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Niqobsiz va jarimalarsiz karantin. Koreya bu bilan nimaga erishdi? Koreyada karantin o‘zgacha bo‘ldi.
Koreyadagi karantin O‘zbekistondagisi bilan solishtirganda cheklash, narx-navolarni ko‘tarish, jarimalar va hokazo jihatlar bilan farqli bo‘ldi. Karantin davrida ko‘chalarda niqobsiz yurgan, mashina minganlarga jarima belgilanmadi! Hatto o‘sha virus o‘chog‘i deya hisoblangan Tegu shahrida ham.

Koreyslarda jazolash tizimi boshqacha, o‘zgacha uslubda shakllantirilgan. Qonunga bo‘ysunmagan kishini jamiyatdan ajratib qo‘yadi. Misol uchun, Seulga karantin boshlangan vaqtda taxminan bir oydan ko‘proq niqobsiz borib keldim. Keyinchalik birorta avtobus meni niqobsiz olib ketmasligini, shunaqa qaror borligini tushuntirdi. Metrolarda boshqacha ahvol, koreyslar qo‘rquv va hayrat nigohi bilan qarab, jirkangandek niqobsiz odamdan qochishga o‘tishdi. Keyin ko‘pchilik majburan niqob taqa boshladi.

Karantin davlat tasarrufidagi joylarda doim amalda bo‘ldi. Misol uchun kechagina, kattagina futbol stadion ochildi. Bugundan stol tennis klubi ham ochilishini e’lon qilishibdi. Tennis o‘ynaydigan guruhdoshlar telefon qilib aytishdi. Karantin mana shunaqa, davlat tasarrufida bo‘lgan stadionlar, sport zallarini yopish bilan amalda bo‘ldi. Sababi futbolni ham tennisni ham aksari 50-70 yoshli qarilar (35-40 yoshlilar ham oz bo‘lsa-da bor) o‘ynashadi. Ularning immuniteti virusga qarshi kurasha olmaydi deya qariyalarni har taraflama ko‘chaga chiqmaslik, maksimal darajada o‘zini himoyalash kerakligini TV kanallarda uqtirildi.

Karantin davrida, deyarli barcha oziq-ovqat, maishiy do‘konlar ishlab turdi. Garchi aksari dinsiz yo g‘ayridin bo‘lsa ham, biror narsaning narxini oshirmadi. Ba’zilari: «Jinnimisan, shu qiyinchilik davrida ham oziq-ovqat narxini ko‘taradimi? «Insof issoyo», ya’ni «Insof bor» deb qo‘yadi... Insof haqida ko‘pchilik koreyslarga gapirgandik. Avvallari, 20 ming vonga (20 litr) oladigan benzinimizni karantin davrida 14 ming vondan oldik.

Eng muhimi: virusning o‘chog‘i bo‘lgan Tegu shahridagi karantin cheklovlari o‘sha shaharda amalda bo‘ldi. Butun Koreyani aynan Tegu kabi yo‘lini yopib qo‘yish, har qadamda odamlarni issig‘ini o‘lchash, koronavirusga test olish kabi ishlarni qilishmadi. Virusga test: Koreyaning ichidagi barcha millat vakillariga, u Koreyada qonuniy yashaydimi yoki noqonuniymi farqi yo‘q, TЕKIN topshirildi. Hatto ba’zi joylarda mukofot tarzida 100 ming vondan ham berishganini aytishdi. Ammo bu ma’lumot qanchalik to‘g‘riligini bilmayman.

Shuningdek, boshlanishda tekin davoladi ham.

Nonsan shahrida ishlayotgan vaqtimizda juma namoziga bordik. Imom ham o‘zbek. O‘sha joyni militsiya hodimi (koreys) islomni yangi qabul qilganlardan ekan. Xutbadan oldin so‘z berishlarini iltimos qildi. Chiqib bizlarga qarata: «Koreyadagi barcha masjidlar karantin sababli yopilyapti. Agar biz jamoat bo‘lib virusga test topshirsak, Koreyada musulmon masjidlari, qolaversa, boshqa ibodatxonalar ichida ham birinchi bo‘lib, ommaviy ko‘ngilli test topshirgan uyushgan jamoat bo‘lar edik. Masjidimiz ham yopilmay, faoliyat qilishida dastak bo‘lar edi», qabilida gapirgandi. Alhamdulillah, barcha birodarlar bir avtobusda va shaxsiy mashinalarda borib, test topshirib kelgandik. Ha aytgancha, «luks» avtobus davlat tomonidan ajratilgan. Mashinasi yo‘qlar avtobusda borib keldik. Test tekin, mukofotiga niqob, antiseptik vositalar va hokazolarni berishgandi. Ba’zi birodarlar: «pul bersa bo‘lardi», deb qabilida hazil aralash chin gapirishgandi.

O‘zi karantindan maqsad - umumiy virusga qarshi kurashish. 14 kunda odamlarda virus bor yoki yo‘qligi aniqlanadi. Virus aniqlandimi, o‘sha hududni ommaviy dizenfeksiya qilish kerak! Teguni dizenfeksiya qilishda harbiylar tanklari bilan ishtirok etishdi. Eshitilishi kulgili, ammo bular shunaqa, yosh bolacha qiliqlar bilan bir-birini shijoatlantiradi! Umid beradi.

Albatta, karantin vaqtida ish biroz pasaydi. Ammo to‘xtamadi. Musofir akalarimiz o‘sha davrda, ham hozir ham pul topishyapti. Ba’zi akalar hanuz «ishonmaymanda shu virusga, o‘yin va soqqa qilishyapti» deb yurishibdi! Kecha bir akamizga qattiq gapirdim. «Qancha-qancha olimlarimiz, birodarlarimizni vafotiga ham shu kasallik sababchi bo‘ldi. Ularni vafot etganiga ham ishonmaysizmi yoki o‘yin qilishayaptimi,(astag‘firulloh)?!» debdim. Atrofimizda ko‘payib ketuvdi shunaqa, «yer tekis»,» «2x2=5» dunyoni masonlar boshqaradi» va hokazo deb yurganlar...

Manba: Azon.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 0
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 21
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 83
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 68
  • Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi 03 мая, 22:00 187
  • Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi 03 мая, 21:43 119
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 0
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 0
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 0
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 0
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 59
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 32
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 21
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 83
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 107
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 36
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 70
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 68
  • Bo‘limlar