“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 04:32
ЎЗO‘Z

Filippin prezidenti koronavirusga qarshi vaksinani birinchi bo‘lib o‘zida sinashga tayyorligini aytdi

11 avg, 18:00 2 190 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Filippin prezidenti koronavirusga qarshi vaksinani birinchi bo‘lib o‘zida sinashga tayyorligini aytdi Dutertening ta’kidlashicha, u shu tarzda Rossiyada olib borilgan tadqiqotlarga to‘liq ishonishini ko‘rsatmoqchi va vaksina “insoniyatga foyda keltiradi”, deb hisoblamoqda.
Men ularga [Rossiyaga] ishonishimni va ular bizga vaksina taklif qilib xato qilmaganlarini ko‘rsatish uchun vaksinani birinchi bo‘lib qabul qilaman. Vaksina yetib kelganda, mish-mishlar tarqalmasligi uchun jamoatchilikka emlanganimning isbotini keltiraman”, deb aytgan Filippin prezidenti.

Dutertening ta’kidlashicha, agar vaksina unga to‘g‘ri kelsa, unda uni qolgan filippinliklarga ham qilish mumkin bo‘ladi.

7 avgustda Rossiyaning Filippindagi elchisi Igor Xovayev Moskva Manilaga koronavirusga qarshi vaksinani yetkazib berishga va uning mahalliy ishlab chiqarilishiga sarmoya kiritishga tayyorligini ma’lum qilgan. Agar tomonlar kelishuvga erishsa, Filippin bu yo‘nalishda hamkorlikning uch variantidan birini tanlashi mumkin bo‘ladi: vaksinaning yetkazib berilishi, uning mahalliy ishlab chiqarilishi va klinik sinovlar o‘tkazilishi.

Avvalroq RFPI rahbari Kirill Dmitriyev 20 dan ko‘proq davlat Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligining N.F.Gamaleya nomidagi epidemiologiya va mikrobiologiya markazi vaksinasiga qiziqish bildirayotganini ma’lum qilgan. Uning ta’kidlashicha, 5 davlat vaksinani ishlab chiqishda ishtirok etmoqchi.

Ayni vaqtda Filippinda koronavirusga chalinganlar soni 136 mingdan ko‘proqni tashkil qilmoqda, virusdan 2,2 ming kishi vafot etgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 20
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 25
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 52
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 35
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 141
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 28
  • So'nggi yangiliklar
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 20
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 13
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 25
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 24
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 52
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 35
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 32
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 141
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 28
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 117
  • Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi 01 мая, 21:36 81
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 73
  • Bo‘limlar