“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 06:48
ЎЗO‘Z

Belarus MSK: prezidentlik saylovlarida Lukashenko 80,23 foiz, Tixanovskaya esa — 9,9 foiz ovoz to‘pladi

10 avg, 13:58 2 270 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Belarus MSK: prezidentlik saylovlarida Lukashenko 80,23 foiz, Tixanovskaya esa — 9,9 foiz ovoz to‘pladi Foto: «TASS»
Belarus Markaziy saylov komissiyasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, prezidentlik saylovlarida respublikaning amaldagi rahbari Aleksandr Lukashenko 80,23 foiz ovoz to‘pladi, deb xabar beradi «Tut.by».

Muxolifat nomzodi Svetlana Tixanovskaka esa, rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 9,9 foiz ovoz to‘plagan.
Qolgan ishtirokchilarning natijalari: Anna Kanopatskaya — 1,68 foiz, Andrey Dmitriyev — 1,04 foiz; Sergey Cherechen — 1,13 foiz. Shuningdek, 6,02 foiz saylovchi barchaga qarshi ovoz bergan.

Markaziy saylov komissiyasi raisi Lidiya Yermoshina ovoz berish jarayonlarining dastlabki natijalari nima sababdan 10 avgust kuni ertalab e’lon qilinganiga izoh bergan: «Hukumat uyidan kechasi soat 01:00 da evakuatsiya qilindik. Shu sababli natijalarni faqat ertalab qabul qila oldik».

Avvalroq Belarus prezidenti saylovi uchun mamlakatdan tashqarida tashkil etilgan saylov uchastkalarida prezidentlikka nomzod Svetlana Tixanovskaya 79,69 foiz ovoz olgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Belarusda 9 avgust kuni prezident saylovi bo‘lib o‘tdi. Poytaxt Minskda prezident saylovidan keyingi norozilik namoyishi boshlangan. Ishtirokchilarini tarqatib yuborish uchun militsiyaning maxsus bo‘linmasi rezina o‘qlardan foydalanishga majbur bo‘lgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 6
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 64
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 97
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 136
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 33
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 197
  • So'nggi yangiliklar
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 6
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 11
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi 05 мая, 05:12 10
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 63
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 214
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 64
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 65
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 118
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 46
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 106
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 97
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 136
  • Bo‘limlar