“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 20:46
ЎЗO‘Z

Shifokor koronavirus bilan SFTS virusi xavfini taqqosladi

09 avg, 22:21 3 072 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shifokor koronavirus bilan SFTS virusi xavfini taqqosladi Xitoyda qayd etilgan SFTS virusi SARS-CoV-2 koronavirusi yoki oddiy grippga qaraganda unchalik xavfli bo‘lmasligi mumkin. Bu haqda 9 avgust, yakshanba kuni Novosibirsk davlat tibbiyot universiteti davolash fakulteti ichki kasalliklar kafedrasi dotsenti Vladislav Mitroxin ma’lum qildi.

«Nazarimda bu mahalliy virus bo‘lib, koronavirus kabi tarqalmaydi. Biroq hozircha ma’lumotlar juda kam. Virusning yuqish yo‘llari ham hali aniq emas. Bir hafta davomida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lamiz, deb o‘ylayman», — dedi u «RЕN TV» telekanalida.

Mitroxinning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya ilmiy jamoatchiligi hozircha yangi SFTS virusining alomatlari haqida to‘liq manzaraga ega emas.
«Hozirgi kunda yangi virus haqida kam narsa ma’lum, faqatgina koronavirusdan farqli o‘laroq oshqozon-ichak yo‘lida namoyon bo‘ladi. Biroq koronavirus bilan gripp virusining birikuvi, ya’ni ikkalasini ham bir vaqtda yuqtirib olish eng xavfli ekanligi aytilmoqda», — deydi shifokor.

Kuni kecha OAVda Xitoyning Szyansu va Anxoy provinsiyalarida SFTS tarqalishi qayd etilgani to‘g‘risida xabarlar paydo bo‘lgandi. Jami 60 kishi kasallikni yuqtirgan bo‘lib, ulardan yetti nafari vafot etgani aytilgan.

Virus alomatlari orasida tibbiyot xodimlari isitma, yo‘tal, leykotsit va trombotsitlar kamayishini qayd etishgan. Shifokorlarning fikricha, infeksiya asosan kanalar chaqishi orqali yuqadi. Biroq odamdan odamga yuqish ehtimoli ham bor.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Quddusda Turkiya fuqarosi isroillik politsiyachiga pichoq bilan hujum qildi 03 мая, 20:30 0
  • Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi 03 мая, 20:05 0
  • O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi 03 мая, 19:13 10
  • ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan o‘zbekistonlik AQSHda 2 yil erkin yashagani aniqlandi 03 мая, 18:21 62
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 309
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 58
  • So'nggi yangiliklar
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 2
  • O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi 03 мая, 19:13 10
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 33
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 40
  • Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi" 03 мая, 18:34 141
  • Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!" 03 мая, 18:26 34
  • ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan o‘zbekistonlik AQSHda 2 yil erkin yashagani aniqlandi 03 мая, 18:21 62
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 38
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 238
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 309
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 58
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 221
  • Bo‘limlar