“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 03:02
ЎЗO‘Z

AQSHda koronavirusga chalinganlar soni 5 milliondan oshdi

09 avg, 21:08 2 033 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
AQSHda koronavirusga chalinganlar soni 5 milliondan oshdi Foto: The New York Times
Koronavirus pandemiyasi boshlanganidan beri AQSHda qayd etilgan kasallikni yuqtirib olish bilan bog‘liq holatlar soni 5 milliondan oshdi. Bu haqda o‘z ma’lumotlar bazasiga asoslanib, The New York Times gazetasi xabar bermoqda.

«8 avgust, shanba oqshomi holatiga ko‘ra, AQSHda 5 003 600 kishi koronavirusga chalingan va kamida 161 900 kishi kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan», — deya xabar bermoqda The New York Times.

Nashrning qayd etishicha, kasallanish ko‘rsatkichlari yettita shtatda — Oklahoma, Virjiniya, Illinoys, Gavayi, Janubiy Dakota, Massachuses va Rod-Ayland shtatlarida, shuningdek, Guam, Virgin orollari va Puerto-Rikoda o‘sib bormoqda. Ayni vaqtda, 17 shtatda kasallanish sur’ati pasaygan.

Avvalroq, 4 avgust kuni AQSH prezidenti Donald Tramp AQSHda koronavirus ortga chekina boshlanganini ma’lum qilgan edi. U Amerika rasmiylari vaziyatning yaxshi tomonga sezilarli o‘zgarayotgani belgilarini ko‘rayotganini aytib o‘tgan edi.

Shunga qaramay, Trampning bayonotidan ikki kun avval Oq uyning koronavirus bo‘yicha ishchi guruhi koordinatori Debora Birks mamlakat virusga qarshi kurashning yangi bosqichiga o‘tayotgani, bu bosqichda kasallik avvalgidan-da shiddatliroq tarqalayotganini ta’kidlagan edi. U amerikaliklarni niqob taqish va ijtimoiy masofani saqlashda davom etishga chaqirgan edi.

Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, AQSH koronavirusga chalingan va ushbu kasallik oqibatida vafot etganlar soni bo‘yicha jahonda birinchi o‘rinda turibdi. Bu borada ikkinchi o‘rinda borayotgan Braziliyada 8 avgust kuni jami kasallanganlar soni 3 milliondan oshdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 100
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 121
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 170
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 25
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 149
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 288
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 51
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 53
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 100
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 26
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 43
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 121
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 170
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 111
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 25
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 33
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 101
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 140
  • Bo‘limlar