“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 09:51
ЎЗO‘Z

Pandemiya davrida havodagi azot oksidi chiqindisi 30 foizga qisqargani ma’lum qilindi

08 avg, 23:15 1 973 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Pandemiya davrida havodagi azot oksidi chiqindisi 30 foizga qisqargani ma’lum qilindi Foto: ecovision
Tadqiqot fevral – iyun oylarida 123 mamlakatda o‘tkazilgan. Bu vaqtda dunyodagi aksariyat davlatlarda fuqarolarning harakatlanishi va ishlab chiqarish korxonalarining faoliyatiga cheklovlar joriy etilgan edi.

COVID-19 pandemiyasi davrida joriy etilgan karantin va cheklov choralari atmosferaga chiqariladigan zararli chiqindilar kamayishiga olib keldi, deyiladi Buyuk Britaniya va AQSH olimlarining tadqiqotlarida. Bu haqda Nature Climate Change ilmiy jurnali xabar bermoqda.

Pirs Foster boshchiligidagi Lids universitetining bir guruh mutaxassislari issiqxona gazlari va havoni ifloslantiruvchi boshqa moddalarning o‘nga yaqin turi bilan bog‘liq o‘zgarishlar dinamikasini kuzatishgan.

«Tadqiqot fevraldan iyungacha 123 mamlakatda o‘tkazilgan. Aynan shu paytda koronavirus tufayli aksariyat davlatlarda odamlarning harakatlanishiga va sanoat korxonalari faoliyatiga cheklovlar kiritilgan edi. Ma’lum bo‘lishicha, aprel oyida global azot oksidi chiqindilari 30 foizga kamaygan. Bu esa yil boshidan sayyoramizning qisqa muddatli sovishiga olib keldi», – deya ta’kidlanadi maqolada.

Olimlar pandemiya sababli kiritilgan cheklovlarning atfosmeraga bevosita ta’siri sezilar-sezilmas bo‘ladi, deb hisoblashgan.
Ularning ta’kidlashicha, agar iqtisodiy tiklanish yashil tadbirlarni rag‘batlantirish va yoqilg‘ining qazib olinadigan turlari bilan ishlashni qisqartirishga qaratilgan bo‘lsa, 2050 yilga kelib 0,3 darajaga qadar global isishning oldini olish mumkin bo‘ladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 0
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 1
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 1
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 18
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 35
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 41
  • So'nggi yangiliklar
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 1
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 0
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 1
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 4
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 18
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 53
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 35
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 82
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 41
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 236
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 104
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 30
  • Bo‘limlar