“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 08:51
ЎЗO‘Z

Ramzon Qodirovning daromadi bir yilda qariyb 20 baravarga oshdi

08 avg, 06:30 2 842 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ramzon Qodirovning daromadi bir yilda qariyb 20 baravarga oshdi Checheniston rahbari Ramzon Qodirov 2019 yil davomida 147,99 mln rubl daromadga ega bo‘lgan. Bu haqda uning hamda Checheniston hukumati saytida joylashtirilgan ma’lumotda ko‘rsatilgan, deb xabar bermoqda RBK.

Qodirov undan avvalgi yilda 7,58 mln rublga ishlagan, shunday qilib uning daromadi miqdori bir yil ichida 19,5 baravarga yoki 140 mln rubldan ortiqroqqa o‘sgan. Checheniston rahbarining turmush o‘rtog‘i 2018 yilda 60 ming rubl topgan bo‘lsa, 2019 yilda 2,45 mln rubl daromadga erishgan.

Ma’lum qilinishicha, Qodirovda ham, uning rafiqasida ham avtomobil yoki boshqa transport vositalari yo‘q. Shu bilan birga Ramzon Qodirov o‘tgan yili maydoni 28,3 ming kvadrat metrdan ortiqroq bo‘lgan yangi yer uchastkasiga ega bo‘lgan. Bundan tashqari, uning maydoni 3668 kvadrat metrni tashkil etuvchi uchastkasi va 2344 kvadrat metrga teng uyi, turmush o‘rtog‘ining esa maydoni 209,8 kvadrat metr bo‘lgan xonadoni bor. Shuningdek, oilaning maydoni 300 kvadrat metrga teng yashash uyi ham bor. Barcha ko‘chmas mulklar Rossiya hududida.

2018 yilda Qodirovning voyaga yetmagan o‘g‘illaridan biri 210,8 ming rubl ishlagan, bu yil esa voyaga yetmagan bolalarning daromadlari hisobga olinmagan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 260
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 176
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 289
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 38
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 176
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 322
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 162
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 169
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 260
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 78
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 107
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 176
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 289
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 167
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 38
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 53
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 143
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 196
  • Bo‘limlar