“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 06:28
ЎЗO‘Z

Virusolog Rossiya vaksinasining xavfli bo‘lishi mumkinligini aytdi

07 avg, 21:43 4 882 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Virusolog Rossiya vaksinasining xavfli bo‘lishi mumkinligini aytdi Foto: Andrey Katayev / RIA Novosti
Koronavirusga qarshi vaksina noto‘g‘ri konstruksiya qilinsa, COVID-19 kasalligi kuchayishi mumkin, chunki antitana har xil bo‘ladi va ulardan ba’zilari infeksiyani kuchaytiradi.

Rossiyada ishlab chiqilayotgan vaksinaning xavfli bo‘lishi mumkinligi haqida «Vektor» o‘ta xavfli infeksiyalar laboratoriyasi sobiq mudiri Aleksandr Chepurnov ogohlantirdi.

«Xatar bor... Vaqt kerak. Chunki, antitananing neytrallashtirish xususiyati shundaki, virus tanasiga yopishgan antitana uning hujayraga yuqish xususiyatini bloklaydi», — dedi olim.

Uning ta’kidlashicha, hozircha vaksina ustida olib borilayotgan ishlar haqidagi va vaksinaning samarali ekanini tasdiqlovchi ilmiy izlanishlar haqidagi ma’lumotlar nashr etilmagan.

«Ba’zi mamlakatlarda vaksina ustida ishlayotgan xodimlar barcha natijalarni zudlik bilan e’lon qilishmoqda. Shunda vaksinaning qanday ekani haqida tasavvur paydo bo‘lyapti. Rossiyada esa hech qanday maqolalarni ko‘rmayapman», — dedi Chepurnov.

Vaksina ustida qanday izlanishlar olib borilgani, uni qo‘llashda neytralizatsiyaning qanday darajasi yuzaga kelishi, virusning qanday dozalaridan himoya qila olishi va unda «infeksiyaning antitanaga bog‘liqlik darajasini oshirish xususiyati» borligi haqida ma’lumot paydo bo‘lmasidan oldin, Chepurnov vaksinani ishlab chiqish haqida o‘ylamaslikni taklif qildi.

Avvalroq, virusolog, biologiya fanlari doktori Sergey Netesov Rossiya Mudofaa vazirligi tomonidan ishlab chiqilayotgan vaksina haqidagi ma’lumotlar sir tutilayotganidan hayron qolgan edi. U Rossiya vaksinasining tarkibi va texnologiyasi haqida hech narsa ma’lum emasligini, xorijlik kompaniyalar esa bu ma’lumotlarni oshkor qilayotganini ta’kidladi.

«Biz amerikalik va xitoylik olimlarning vaksinalari haqida hamma narsani bilamiz. Kompaniyalarning internet saytlarida, ilmiy jurnallarda vaksinaning dastlabki sinovlari haqida barcha ma’lumotlar bor. Ammo nega o‘zimizning vaksina haqida shunday ma’lumotlar berilmayapti?» — deb taajjublandi Netesov.

7 avgust kuni Rossiya Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Oleg Gridnev «Gamaleya» nomidagi markaz tomonidan ishlab chiqilgan vaksina 12 avgust kunigacha ro‘yxatdan o‘tkazilishini aytgan edi. U ommaviy vaksinatsiyaning samarasi aholida populyatsiya immuniteti shakllanganidan so‘ng sezilishini aytdi. Koronavirusga qarshi vaksina birinchi navbatda xatarli guruhga kiruvchi tibbiyot xodimlari va keksalarga berilishi rejalashtirilmoqda. Gridnev vaksinaning ommaviy ishlab chiqarilishiga tayyorgarlik ketayotganini qo‘shimcha qildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi 01 мая, 06:00 0
  • Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi 30 apr, 23:42 75
  • Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi 30 apr, 21:33 86
  • AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi 30 apr, 20:43 156
  • Gruziya bosh vaziri mamlakat prezidentini “sotqin” deb atadi 30 apr, 18:50 353
  • Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat 30 apr, 18:02 124
  • So'nggi yangiliklar
  • Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi 01 мая, 06:00 0
  • “Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi 01 мая, 00:40 185
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 36
  • Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat" 30 apr, 23:50 72
  • Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi 30 apr, 23:42 75
  • U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin 30 apr, 23:15 111
  • Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi 30 apr, 23:00 52
  • O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan! 30 apr, 22:34 328
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 96
  • Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi 30 apr, 21:33 86
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 98
  • AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi 30 apr, 20:43 156
  • Bo‘limlar