“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 02:16
ЎЗO‘Z

Bayrutlik kelinchak fotosessiya paytida yuz bergan portlash haqida so‘zlab berdi (video)

06 avg, 21:55 5 365 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bayrutlik kelinchak fotosessiya paytida yuz bergan portlash haqida so‘zlab berdi (video) Foto: Esquire
AQSHda yashovchi Israa Seblani turmushga chiqish uchun Livanga kelgan edi. Biroq to‘y kuni fotosessiya o‘tkazilayotgan paytda dahshatli portlash yuz berdi. Esquire Israa Seblanining hikoyasini e’lon qildi.
«Biz osmonda qandaydir kuchli tutunni ko‘rdik. Avvaliga biron narsa yonayotgan bo‘lsa kerak, deb o‘yladik. Bu portlash bo‘lishi mumkinligi xayolimizga ham kelgani yo‘q. Bir necha soniya ham o‘tmasdan kuchli to‘lqin zarbidan keyin portlashni eshitdik. Biz turgan chiroyli joy bir zumda ko‘lanka shaharga aylandi. Atrof chang, oynalar singan, odamlar qichqirar, qon – hamma narsa tushga o‘xshardi», – deya eslaydi Seblani.

Uning eri portlash tovushi hayotida eshitgan eng dahshatli ovoz ekanligini aytadi. To‘lqin zarbi uni 3 metr nariga uloqtiradi. Keyin u rafiqasining yoniga yugurib kelib, uni xavfsiz deb o‘ylagan restoranga olib boradi.

«Portlashni eshitgan payt butun hayotim ko‘z oldimdan o‘tdi. Men soniyalar ichida hayotim, turmush o‘rtog‘im, to‘ydan keyingi orzularimiz – hamma narsamni yo‘qotyapman, deb o‘yladim», – deydi Isra.

Fotograf Mahmud Nakib to‘y haqida CNN kanaliga bergan intervyusida dastlabki portlash fotosessiya paytida sodir bo‘lganini, ammo u hech kimni qo‘rqitmagani va suratga olish davom etganini aytadi.

«Bir soniya ichida osmonni qora rang qopladi va biz ikkinchi portlashni eshitdik», – deydi Nakib.
Kuchli to‘lqin zarbi uni yiqitib yuboradi, ammo kamera aylanishda davom etadi. Bir necha soniya nima bo‘lganini aniqlay olmaydi.

Bayrutdagi fojia portda 4 avgust kuni 2,7 ming tonnadan ortiq ammiak selitrasi portlagan paytda yuz bergan. Buning natijasida 137 kishi vafot etgan. Besh mingdan ko‘prog‘i tan jarohati olib, yana o‘nlab odamlar bedarak yo‘qolgan. Portlash tufayli yuzlab mahalliy aholi boshpanasiz qolgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 100
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 121
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 170
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 25
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 149
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 288
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 51
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 53
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 100
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 26
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 43
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 121
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 170
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 111
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 25
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 33
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 101
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 140
  • Bo‘limlar