“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 13:53
ЎЗO‘Z

Rossiyalik talabalar koronavirusdan davolashning yangi usulini topishdi

06 avg, 21:13 4 925 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Rossiyalik talabalar koronavirusdan davolashning yangi usulini topishdi Foto: Getty Images
Rossiyaning “MIFI” milliy tadqiqot yadro universitetining Biotibbiyot muhandisligi milliy tadqiqot yadro instituti magistraturasi talabalari koronavirusdan davolashning yangi usulini ixtiro qilishdi. Ular tomonidan og‘ir kasalliklar, jumladan COVID-19’ni xavfsiz davolash uchun yorug‘lik-diodli qurilma ishlab chiqildi.

Talabalar taklif qilayotgan uslub inson tanasi sirtini spektrning qizil diapazonida yorug‘lik oqimi bilan nurlantirishga asoslangan.
Professor Viktor Loshchenovning tushuntirishicha, bu usul fotosensibilizatorlar qo‘llagan holda davolashning eng yangi usullaridan biri hisoblanadi.

Fotosensibilizatorlar bemor organizmiga kiritiladi. Ular organizmda virus bilan ushlab olinadi va nurlanish ta’sirida virusni o‘ldiradi. Bunda fotosensibilizatorlar “sitokin shtormi” [immunitetning o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan haddan ziyod kuchli javobi] uchun javobgar hujayralarni faolsizlantiradi va shu tariqa o‘lim bilan xavf soluvchi immun javobdan qochishga imkon beradi”, deb aytgan olim.

Loshchenovning ta’kidlashicha, hozirda dunyoda bemorlarni xavfsiz nurlantiruvchi bunday qurilmalar hali mavjud emas.
Ushbu usul bilan koronavirusga chalingan 40dan ko‘proq bemor davolangan. Ularning barchasida qondagi kislorod saturatsiyasi oshgani, o‘pkada og‘riqlar yo‘qolgani va hid sezish qobiliyati qaytgani qayd qilingan.

Umuman olganda, tajriba ishtirokchilari boshqa kasallanganlarga nisbatan tezroq sog‘aygan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Tojikiston o‘z fuqarolarini «o‘ta zarurat bo‘lmasa» Rossiyaga bormaslikka chaqirdi 28 apr, 08:41 78
  • AQSH Ukrainaga Patriot havo-mudofaa tizimlarining yangi to‘plamini yetkazib beradi 28 apr, 06:00 68
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 301
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 166
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 238
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 203
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 0
  • “Bayer” yangi asrning yangi rekordini o‘rnatdi 28 apr, 12:20 0
  • Harri Keyn takrorlanmas rekord o‘rnatdi 28 apr, 12:00 0
  • Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi 28 apr, 11:52 2
  • Saloh va Klopp hammaning oldida bahslashdi. «Liverpul»da yana yo‘qotish 28 apr, 11:36 17
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 7
  • UFC Vegas 91. O‘zbekistonlik Bogdan Guskov amerikalik jangchini nokautga uchratdi (video) 28 apr, 10:49 32
  • Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 10:43 13
  • Futzal. Bugun O‘zbekiston bronza medali uchun Tojikiston bilan o‘ynaydi 28 apr, 09:34 42
  • Murzoyev: "Qaysidir ma’noda baribir Indoneziya qulayroq raqib, biz musobaqa favoritimiz" 28 apr, 08:51 130
  • Tojikiston o‘z fuqarolarini «o‘ta zarurat bo‘lmasa» Rossiyaga bormaslikka chaqirdi 28 apr, 08:41 78
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 33
  • Bo‘limlar