“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 09:27
ЎЗO‘Z

«Afrikaga Shimoliy qutb orqali uchishadimi?» – Lukashenko qo‘lga olingan rossiyaliklar haqida keskin fikr bildirdi

05 avg, 07:46 3 384 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Afrikaga Shimoliy qutb orqali uchishadimi?» – Lukashenko qo‘lga olingan rossiyaliklar haqida keskin fikr bildirdi Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko 4 avgust kuni mamlakat aholisi va Milliy Assambleyaga murojaat qildi.
Lukashenko ko‘pgina mavzular qatori yaqinda Minskda qo‘lga olingan bir guruh Rossiya fuqarolari haqida ham to‘xtalib o‘tgan. Uning aytishicha, qo‘lga olinganlar Minsk orqali boshqa mamlakatlarga chiqib ketish uchun emas, balki aynan Belarusda qo‘poruvchilik harakatlarini sodir etish uchun kelgan.

«Летят в Стамбул. Запросто можно было с Новороссийска, с Крыма, в конце концов. Махнул - и там, в Стамбуле»: То есть Лукашенко все же признал Крым российским? pic.twitter.com/f4h5q23iPQ

— Дмитрий Смирнов (@dimsmirnov175) August 4, 2020

«Belaruslarga qarshi milliardlab resurslar tashlangan, eng yangi texnologiyalar safarbar qilinmoqda. Internetda 32 jangarining hibsga olinishi haqidagi munozaralarni ko‘rib hayron bo‘ldim. Bu haqda nimalar deyishmayapti, qanday xulosalar qilishmayapti deysiz. Hatto ikki prezident kelishib olgan degan fikrlar bildirilmoqda. Bu juda xavfli signal.

Hibsga olingan rossiyaliklarning Istanbul, Venesuela, Afrika va Liviyaga ketishi haqidagi gaplarning barchasi yolg‘on. Men geografiyani yaxshi bilmasligim mumkin, lekin Afrikaga Shimoliy qutb orqali uchishadimi?
», dedi Lukashenko istehzo bilan.

Lukashenkoning ta’kidlashicha, hibsga olinganlarga «insoniy munosabatda bo‘linmoqda», shu uchun ular hamma narsani aytib berishgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, tergov davomida rossiyaliklar «Belarusga maxsus vazifa bilan» yuborilganliklari haqida gapirib berishgan.

«Jamoa belgilangan vaqtgacha kutishi kerak edi. Istambulga sotib olingan chiptalar haqidagi gaplar – afsona. Rossiya chegarasi yopilganligi sabab ular bu yerda ham, u yerda ham Istanbulga uchayotganliklarini ko‘rsatishlari kerak edi», deya qo‘shimcha qilgan Belarus rahbari.
Shuningdek, uning aytishicha, bugun u respublikadagi vaziyatni beqarorlashtirish uchun Belarus janubiga tashlangan yana bir bo‘linma haqida ma’lumotlar olgan.

29 iyul kuni 32 nafar rossiyalik (Belarus xavfsizlik xizmatiga ko‘ra, ular «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi jangchilari) Minsk yaqinidagi sanatoriyda hibsga olinadi. Ularga Belarusda qo‘poruvchilik harakatlarini amalga oshirishga urinish ayblovi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Agar rossiyaliklarga qo‘yilayotgan ayb o‘z isbotini topsa, ular 20 yilgacha qamoq jazosini oladi.

Shundan so‘ng, Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kreml Belarusda hibsga olingan fuqarolarning jinoiy xatti-harakatlari to‘g‘risida ma’lumotga ega emasligini bildirdi. «Rossiya fuqarolarining asossiz hibsga olinishi ittifoqchilik munosabatlariga to‘g‘ri kelmaydi», deb ta’kidlagan Peskov.

Putinning matbuot kotibiga ko‘ra, Belarusda hibsga olingan rossiyaliklar xususiy xavfsizlik kompaniyasida ishlaydi, ularning Istanbulga chiptalari bo‘lgan va Belarus hududida tranzitda bo‘lib turishgan.

Keyinchalik Vladimir Putin Rossiya Xavfsizlik Kengashi a’zolari bilan Belarus tomonining rossiyaliklarga nisbatan xatti-harakatlarini muhokama qilgan. Kengash a’zolari rossiyaliklar yaqin kunlarda hibsdan ozod qilinishiga umid bildirgan. Kengash majlisida qatnashgan Rossiya tashqi ishlar vazirligi vakili oxirgi paytlarda belaruslik hamkasblar bilan ko‘plab tushunmovchiliklar kelib chiqayotganini bildirgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 0
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 1
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 1
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 18
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 35
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 41
  • So'nggi yangiliklar
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 1
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 0
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 1
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 4
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 18
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 53
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 35
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 82
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 41
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 236
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 104
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 30
  • Bo‘limlar