“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 30 2024, 21:31
ЎЗO‘Z

Qozog‘istonda masofaviy ta’limni yaxshilashning o‘ziga xos yo‘lini topishdi

05 avg, 07:20 2 243 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qozog‘istonda masofaviy ta’limni yaxshilashning o‘ziga xos yo‘lini topishdi Foto: NewTimes.kz
Qozog‘iston hukumati yangi o‘quv mavsumida maktablarda masofaviy ta’lim sifatini yaxshilashning o‘ziga xos yo‘lini topdi.
Qozog‘iston hukumati mamlakatdagi kam ta’minlangan oilalar farzandlariga masofaviy ta’limni o‘zlashtirishlari uchun davlat hisobidan 500 ming dona kompyuter tarqatadi. Bu haqda 4 avgust kuni Qozog‘iston bosh vaziri Asqar Mamin hukumat yig‘ilishida ma’lum qilgan.

Bosh vazir ta’lim va fan vazirligiga viloyat hokimiyatlari bilan birgalikda 25 avgustgacha maktab o‘quvchilari va o‘qituvchilarining masofaviy o‘qishga to‘liq tayyor bo‘lishini ta’minlashni topshirgan.
Askar Maminning ta’kidlashicha, chop etilgan darsliklar to‘liq elektron shaklda barcha foydalanishi uchun internetga joylashtirilishi lozim.

Qozog‘istondagi maktablar pandemiya sabab yangi o‘quv yilini masofadan o‘qitish tarzida boshlaydi. Yangi o‘quv yilida mamlakatdagi 7931ta maktabda 3,3 million o‘quvchi tahsil olishi rejalashtirilgan. O‘quvchilarning 396 ming nafari birinchi sinfga qabul qilinganlar bo‘lishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, bugungi kungacha Qozog‘istonda 94 mingga yaqin odamda koronavirus aniqlangan. Ulardan 65 mingdan ortig‘i tuzalgan bo‘lsa, mingdan ortiq qozog‘istonliklar koronavirus qurboniga aylangan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi 30 apr, 20:43 0
  • Gruziya bosh vaziri mamlakat prezidentini “sotqin” deb atadi 30 apr, 18:50 65
  • Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat 30 apr, 18:02 35
  • Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi 30 apr, 17:39 80
  • NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik” 30 apr, 17:00 116
  • AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi 30 apr, 14:37 65
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi 30 apr, 20:43 0
  • Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi 30 apr, 20:18 0
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 1
  • May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi 30 apr, 19:30 2
  • Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi 30 apr, 19:13 11
  • Gruziya bosh vaziri mamlakat prezidentini “sotqin” deb atadi 30 apr, 18:50 63
  • Andijonda kelin erining uyidan seplarini MIB orqali qaytarib oldi 30 apr, 18:28 20
  • Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat 30 apr, 18:02 35
  • Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi 30 apr, 17:39 80
  • Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi 30 apr, 17:21 93
  • NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik” 30 apr, 17:00 116
  • Abduqodir Husanov Osiyo Kubogi finalida O‘zbekiston termasiga yordam bera olmaydi 30 apr, 16:46 82
  • Bo‘limlar